Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.Filologiya va tillarni o‘qitish; o‘zbek tili kafedrsining katta o‘qtuvchisi Akbarali Boymirzayev.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich 303-guruh talabalari: Bo‘riyeva Fotima G‘ayratova, Jumayeva Mubina Zoir qizi.
Annontatsiya: Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek tilida kelishik shakllarining qo‘llanish xususiyatlari, ularning gapdagi sintaktik vazifalari hamda semantik imkoniyatlari yoritiladi. Jumladan, kelishik qo‘shimchalarining ot va otlashgan so‘zlarni boshqa so‘zlar bilan bog‘lashdagi o‘rni, ularning gap bo‘laklari tarkibidagi funksiyalari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, kelishik shakllarining turli nutqiy vaziyatlarda qo‘llanishi va ularning funksional imkoniyatlari ham izohlanadi.
Kalit so‘zlar: kelishik, kelishik shakllari, qo‘shimcha, affiks, ot, otlashgan so‘zlar, so‘z birikmasi, bog‘lanish, til taraqqiyoti.
Abstract: This article examines the features of the use of conjunctive forms in the modern Uzbek language, their syntactic functions in a sentence, and their semantic possibilities. In particular, the role of conjunctive affixes in connecting nouns and adverbs with other words, their functions in the structure of sentences, are analyzed. In addition, the use of conjunctive forms in various speech situations and their functional possibilities are explained.
Keywords: conjunctive, conjunctive forms, affix, affix, noun, adverbs, word combination, connection, language development.
Аннотация: В данной статье рассматриваются особенности использования соединительных форм в современном узбекском языке, их синтаксические функции в предложении и семантические возможности. В частности, анализируется роль соединительных аффиксов в соединении существительных и наречий с другими словами, их функции в структуре предложений. Кроме того, объясняется использование соединительных форм в различных речевых ситуациях и их функциональные возможности.
Ключевые слова: соединительный, соединительные формы, аффикс, аффикс, существительное, наречия, словосочетание, соединение, развитие языка.
Hozirgi oʻzbek adabiy tili taraqqiyotining muhim bosqichlaridan biri— grammatik shakllarning, xususan kelishik shakllarining funksional imkoniyatlarini chuqur oʻrganishdir. Kelishiklar oʻzbek tilida soʻzlar oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ular nafaqat sintaktik aloqani taʼminlaydi, balki semantik jihatdan ham boy imkoniyatlarga ega.
Mazkur tadqiqotning maqsadi — hozirgi oʻzbek tilida kelishik shakllarining qoʻllanish xususiyatlarini tahlil qilish, ularning sintaktik va semantik funksiyalarini aniqlashdir. Tadqiqot obyekti — hozirgi oʻzbek adabiy tili, predmeti esa kelishik shakllarining qoʻllanishi va funksiyalaridir. Biz bilamizki, o‘zbek tili rivojlanayotgan tillardan biri hisoblanadi. O‘zbek tilida so‘zlar ma’lum ma’nolarni ifodalash uchun turli kelishiklarda qo‘llaniladi. Kelishiklar ot va ot o‘rnida keluvchi so‘zlarning gapdagi sintaktik munosabatlarini ko‘rsatadigan grammatik shakllardir. Ular otlarning qanday holatda ishlatilayotganini, boshqa so‘zlar bilan qanday bog‘lanishini ifodalaydi. Menga kelishigi, ya’ni yo‘nalish kelishigi, so‘zga qo‘shimcha qo‘shish orqali hosil bo‘ladi va ‘‘qayerga?”, ‘‘kimga?’’ kabi savollarga javob beradi. Bu kelishik nutqda harakatning yo‘nalishini, qabul qiluvchi shaxsni yoki narsa va voqealarni ko‘rsatish uchun keng ishlatiladi. O‘zbek tilidagi bu kelishik vositasi bilan so‘zlar gapdagi boshqa unsurlar bilan bog‘lanib, ularning vazifasi va munosabatlarini aniq ifodalaydi.
Oʻzbek tilshunosligida kelishiklar masalasi A.Gʻulomov, A.N.Kononov, Sh.Rahmatullayev, I.Qoʻchqortoyev, M.Irsqulov va boshqa olimlar tomonidan oʻrganilgan. A.Gʻulomov kelishik tizimini ilk bor ilmiy jihatdan tizimlashtirgan boʻlsa, keyingi tadqiqotlarda (Sh.Rahmatullayev, I.Ziyoeva, T.Inoyatov va boshqalar) bu shakllarning semantik nuanslari chuqurroq yoritilgan. Biroq hozirgi zamonaviy til materiallari (ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar) asosida oʻtkazilgan kompleks tadqiqotlar hali yetarli emas. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tahliliy va statistik usullar qoʻllanilgan. Material sifatida oʻzbek tilining milliy korpusi, zamonaviy badiiy adabiyot, gazeta va jurnallar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi matnlar jalb etilgan.
Malumki, o‘zbek tilida 6 ta kelishik bo‘lib, bular: Bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi va chiqish kelishigi.
Bosh kelishik. Bu odatdagidek, maxsus ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Uning asosiy sintaktik funksiyasi ega vazifasida keladi. Shu bilan birga, bosh darajali bo‘lak vazifasida ham keladi. Masalan: Men keldim. Bu yerda men so‘zi bosh kelishik shakldagi so‘zdir.
Qaratqish kelishigi. Ushbu kelishik qaratish yo‘li bilan aniqlab kelib, kishi yoki narsalarning kimga yoki nimaga qarashli ekanligini ko‘rsatuvchi so‘z shakli, so‘z birikmasining qismi. Bu kelishik -ning qo‘shimchasi bilan shakllanadi. Masalan: Mening kitobim. Bunda mening so‘zi qaratqich kelishigi qo‘shimchasidagi so‘z hisoblanadi. Qaratqich kelishik qo‘shimchasi ko‘p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo‘shilavergan: -ni’n// -nin. Mazkur qo‘shimcha har qanday negizlarga qo‘shilaveradi: qoychi’ni’n iti (Taf.). Yelchinin shahdli’q zahri’ shishasi… (Nav.SS). Bu qo‘shimcha XV asrgacha bo‘lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo‘lmagan negizlarga qo‘shilgan. Qaratqich kelishigining bu variantli oxirgi bo‘g‘inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo‘shiladi: Rasulnin so‘zi (Taf.). Xarunnun aqli’ (Rabg‘.). Ko‘zunnun alli’da nargis kelib qati’g‘ ko‘zlug.. . (Nav.SS). Bu qo‘shimchaning yuqoridagi negizlarga qo‘shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. Shuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari uchraydi: Ko‘znin niyati (Atoiy), xalqnun ranji’ (Taf.).
Tushum kelishigi. Ushbu kelishik “Kimni?” yoki “Nimani?” so‘roqlariga javob bo‘ladigan, harakat yo‘nalgan ob’yekti bildiradigan kelishik turi, shakli. Bu kelishik -ni qo‘shimchasi bilan ifodalanadi. Masalan: Kitobni o‘qimoq birikmasida kitobni so‘zi tushum kelishigidagi so‘z hisoblanadi. Ba’zida tushum kelishigida qo‘llangan so‘z belgisiz, ya’ni tushum kelishigi qo‘shimchasisiz qo‘llanadi. Bu holda so‘z fe’l bilan yonma-yon kelgan bo‘ladi. Masalan: Sen she’r yodlading. Bu gapda she’r so‘zidagi tushum kelishigi qo‘shimchasi tushub qolgan, lekin so‘roq berganda “Sen nimani yodlading?” deyiladi. Sintaktik vazifada ikkinchi darajali bo‘laklardan to‘ldiuvchi -ni qo‘shimchani olishi yoki olmasligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
- Vositali to‘ldiruvchi. Bu holda vositali to‘ldiruvchidagi so‘z -ni qo‘shimchasi olmagan bo‘ladi. Masalan: Opamga yordamlashdim.(Kimga?)
- Vositasiz to‘ldiruvchi. Bu holatda esa vositasiz to‘ldiruvchidagi so‘z -ni qo‘shimchani olgan bo‘ladi. Masalan: Bugun Zahroni ko‘rdim.(Kimni?)
Jo‘nalish kelishigi. Ushbu kelishik qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Masalan: Maktabga bordi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. Masalan: Kechga mehmonlar kelishadi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanadi. Masalan: Onamga sovg‘a oldim. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k, q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, -ka, -qa shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Masalan: Terakka, chopiqqa, Chirchiqqa, kurakka. G‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, masalan, tog‘ + ga= toqqa tarzida -qa shaklida aytilsa ham, -ga tarzida yoziladi.Ba’zan jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida uchun ko‘makchisi qo‘llanadi. Masalan: Onamga oldim//onam uchun oldim. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo‘ylab ko‘makchilari bilan ma’nodoshdir. Masalan: Maktabga bormoq // maktab tomon bormoq // maktab bo‘ylab bormoq.
O‘rin-payt kelishigi. Mazkur kelishikharakatning sodir bo‘lgan o‘rin, payt yoki harakatning bajarilishiga vosita predmet ma’nosini anglatadi. O‘rin-payt kelishigi -da qo‘shimchasi bilan belgilanadi. Masalan: Menda bor. Bu gapda menda so‘zi o‘rin-payt kelishigi shaklidagi so‘zlar hisoblanadi. O‘rin-payt kelishik qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda? so‘roqlariga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning o‘rnini bildiradi. Masalan: Biz bog‘da sayr qildik(qayerda?) Bunday otlar gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Masalan: Tushda do‘konga borib kelaman (qachon?) Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi. Ba’zi hollarda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi bilan ko‘makchisi bilan ma’nodosh bo‘ladi. Masalan: Mashida bormoq // mashina bilan bormoq.
Chiqish kelishigi. Bu kelishikish-harakatning boshlanish o‘rni, manbai, sababi kabi ma’nolarni bildiradigan, kimdan? nimadan? qayerdan? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladigan kelishikdir. Bu kelishik -dan qo‘shimchasi bilan ifodalanadi. Masalan: Ishdan kelmoq. Bu gapdagi ishdan so‘zi chiqish kelishigi shaklidadir. Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-payt otlariga qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi. Masalan: Ular bog‘dan olma terishdi (qayerdan?) Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi. Masalan: Bahordan barcha ekinlar ekila boshlaydi(qachon?) Ba’zan tushum kelishi o‘rnida chiqish kelishigi shaklini ishlatilish mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi. Masalan: Uzumni yedi (butun) // Uzumdan yedi (qism). Ba’zi hollarda chiqish kelishigi qo‘shimchasi orqali ko‘makchisi bilan ma’nodosh bo‘ladi. Masalan: Kitobdan // kitob orqali.
O‘zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi xususida bahs yuritish, avvalo, kelishik umumiy grammatik ma‘nosiga oydinlik kiritishni talab etadi. Kelishik shakllarining umumiy, xususiy va oraliq grammatik ma‘nolari haqida to‘xtalishdan oldin ularning o‘rganish tarixini ko‘rib o‘tamiz. O‘zbek tilshunosligida kelishik shaklining o‘rganilish tarixi tilshunos A.G‘ulomov tadqiqotidan boshlandi. Olim o‘zbek tilidagi kelishikni ajratib, asosiy ma‘noviy va sintaktik xususiyatini aniqladi – kelishik sistemasini tikladi. Akademik A.N.Kononovning avval “Грамматика узбекского языка” va so‘ngra “Грамматика современного узбекского литературного языка” asarida bu sistemaning formal tavsifi berildi. Keyinchalik, I.Ziyoyeva, T.Inoyatov, A.Yo‗ldoshev, G.Ro‗ziyev, A.Ma‘rufov, R.Rasulov, Sh.Rahmatullayev kabi olimlar kelishik kategoriyasining har bir shaklini formal tadqiq usuli asosida atroflicha tadqiq qildilar. Ularning tadqiqotlarida kelishikning nutqiy ma‘nosi va sintaktik xususiyati yoritildi. Menga kelishik o‘zbek tilida gap bo‘laklarini bir-biri bilan bog‘lashda va ma’lum bir harakatning yo‘nalishini ifodalashda muhim ahamiyatga ega. Bu kelishik yordamida so‘zlar harakatning kimga yoki nimaga qaratilganini ko‘rsatadi, bu esa fikrning aniqligi va tushunarli bo‘lishiga xizmat qiladi. Kelishiklarning bunday o‘ziga xos qo‘llanishi tilning boyligini va ifoda imkoniyatlarini yanada oshiradi. Menga kelishigi, nutqda yo‘nalish va bog‘lanishlarni aniq ifodalash orqali, gap tarkibini soddalashtiradi va mantiqiy ravishda tuzilishiga yordam beradi.
Xulosa.Hozirgi oʻzbek tilida kelishik shakllari tilning grammatik tizimining asosiy qismini tashkil etadi. Ular nafaqat sintaktik aloqani, balki semantik jihatdan ham boy imkoniyatlarni taqdim etadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, kelishiklarning qoʻllanish doirasi kengayib borayotgan boʻlsa-da, ularning meʼyoriy qoidalari doimiy ravishda takomillashtirib borilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
- Rahmatullayev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari.-T.,2002
- Qo‘chqortoyev I., Qo‘chqortoyeva R “ Tilshunoslikka kirish ” T., 1976
- Irisqulov M. “ Tilshunoslikka kirish ” — T., 1992.
- Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.-T., 1980
- Mirzayev X. Oʻzbek tili grammatikasi. – T., 2015.
- Abdurahmonova D. Zamonaviy oʻzbek tili. – T., 2020.
- Gʻulomov A. Oʻzbek tilining grammatikasi. – T., 1949.