
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan davrda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Internet, smartfonlar, sun`iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlab rivojlanib borgani sayin ulardan foydalanish madaniyati – kibermadaniyatga bo`lgan ehtiyoj ham yuqori bo`ladi. Kibermadaniyat shunchaki texnik bilimlar majmuyi emas, balki raqamli makonda muomala qilish ko`nikmalari, axborotni qanday qabul qilish va o`zimizni qanday tutishimizni belgilab beruvchi yang ijtioiy hodisa hisoblanadi.
Raqamli makonda xulq-atvor normalari
Kibermadaniyatning asosiy bo`limlaridan biri kibermuloqotdir. Raqamli texnologiyalar electron pochta, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqa qilish imkoniyatlarini yaratdi. Bunday aloqa jaroyonida suhbatdoshlar bir-birini hurmat qilishi, muloyimlik bilan muomala qilishlari zarur. Bu jihatlarga mas`uliyat bilan yondashish talab etiladi. Yolg`on ma`lumot tarqatmaslik, boshqalarning hayotiga aralashmaslik, salbiy fikr bildirishda odobni saqlash – kibermadaniyatning asosiy tamoyillaridan.
Kiberxavfsizlik – zamon talabi
Bugungi kunda shaxsiy ma`lumotlar, parollar, kartadagi mablag`larni asray olish faqatgina texnik talab bo`lib qolmay, madaniyat ham hisob;lanadi. Kuchli parollar qo`llash, shubhali havolalarga kirmaslik, anonym xabarlar yoki spamga ishonmaslik, raqamingizga kelayotgan parollarni hech kimga bermaslik, har xil shubhali fayllarni ochmaslik, notanish va shubhali qo`ng`iroqlarga javob bermaslik har bir foydalanuvchi uchun zaruriy odat bo`lishi darkor.
Axborotni tanlsh, tekshirish va saralash
Internet tarmog`ida ma`lumot ko`pligi insonni chalkashtirib qo`yadi. Shu bois, axborot madaniyati kibermadaniyatning muhim tarkibiy qismidir. Har bir foydalanuvchi olgan ma`lumotini tekshirishi, manbaga e`tiborliroq bo`lishi, feyk xabarlardan uzoqda bo`lishi shart. Bu faqat o`zimizni emas, butun jamiyatni ham noto`g`ri axborotlardan himoya qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardan mas`uliyat bilan foydalanish
Hozirgi paytda ijtimoiy tarmoqlar orqali fikr bildirish, tajriba almashish va o`zini namoyish qilish imkoniyati mavjud. Biroq bu harakatlar erkinlik bilan birga mas`uliyat ham yuklaydi. Haqoratli so`zlardan tiyilish, shaxsga tegishli ma`lumotlarni ruxsatsiz tarqatmaslik, millatlararo totuvlikka putur yetkazuvchi postlardan saqlanish kibermadaniyatning eng dolzarb talablaridandir.
Kibermadaniyat – hozirgi davr kishisining ajralmas fazilati. Kibermadaniyatni shakllantirish va yuksaltirish har birimizning qo`limizda, zero, raqamli dunyoning kelajagini aynan foydalanuvchilarning ongli xatt-harakati belgilaydi.
Alimardonova Gulsevar Sirojiddinovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1-bosqich talabasi