Sayyor qabul

Fuqarolarni eshitish — bizning burchimiz

Denov tumanida aholi murojaatlarini tinglash hamda ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul Katta Karshi mahallasida o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Dilbar Nabiyeva, viloyat Kengashi deputati Raʼno Salomova tuman hokimi Anvar Normamatov, tuman prokurori Baxodir Yunusov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Shavkat Narmuratov, shuningdek mahalliy davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, har bir murojaat atroflicha muhokama qilindi.

Murojaatlarning asosiy qismi quyidagi yo‘nalishlarga taalluqli bo‘ldi:

🔹 Ijtimoiy soha – aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari.

🔹 Infratuzilma – ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash.

🔹 Huquqiy masalalar – oilaviy muammolar hamda majburiy ijro bilan bog‘liq masalalar.

O‘tkazilgan sayyor qabul davomida 45 nafardan ortiq fuqaroning murojaati qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Previous post O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimidagi nutqi
Next post Turkiya – O‘zbekiston o‘rtasida bilim va tajriba ko‘prigi amalda