Denov tumani hokimi, birinchi sektor rahbari Ilhom Abrorov boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulda 50 nafar fuqaro ishtirok etdi. Sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan turli muammolar xususan, yo‘lni ta’mirlash, gaz ta’minotini yaxshilash, uy-joyni ta’mirlashda va uy-joy bilan ta’minlashda ko‘maklashish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, bola puli, moddiy va tibbiy yordam berishni so‘rab murojaat qilishdi.
Fuqarolarning murojaatlari tinglanib ularga huquqiy tushunchalar berildi.
Murojaatlarning hal etilishida vaqt talab etadiganlari mutasaddilarga o‘rganilishi uchun ko‘rsatmalar berildi va tuman hokimining nazoratiga olindi.