Xabarlaringiz bor, Denov tumanida joriy yilning aprel-may oylari davomida besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasi doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini futbol hamda qiz bolalar o‘rtasida sportning Mini futbol sport turlari bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Davlat xavfsizlik xizmati kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan futbol musobaqasida tumandagi 98 ta mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan jami 98 ta jamoa shakllantirilib, musobaqalarga 1 568 nafar yoshlar qamrab olindi.
Denov tumani markazidagi “Yoshlar” sayilgohi DXX kubogi uchun tumanda bo‘lib o‘tgan bahslarda g‘olib bo‘lgan jamoalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.