Mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishi kafolatlarini kuchaytirish, odil sudlov samaradorligini oshirish hamda sudyalar hamjamiyatining rolini oshirishga qaratilgan islohotlar izchil davom ettirilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini hamda tadbirkorlik faoliyati subektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga ko‘tarildi.
Denov tumanlararo iqtisodiy sudining zimmasiga ham iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va boshqa qonunlar bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan nizolar hamda boshqa ishlarni hal qilish yo‘li bilan odil sudlovni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Denov tumanlararo iqtisodiy sudi 3 tarkibli sud bo‘lib, 1 nafar sud raisi,
2 nafar sudyadan iborat tarkibda faoliyat yuritib kelmoqda.
Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Denov, Oltinsoy hamda SHo‘rchi tumanlaridan kelib tushayotgan iqtisodiyot sohasidagi da’vo ariza (ariza)lari, o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa nizolar qonun asosida, mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.
Denov tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yilda 9 959 ta iqtisodiy ishlar ko‘rildi. Ko‘rilgan ishlarning 8 858 tasi qanoatlantirilgan, 150 tasi bo‘yicha da’vo rad etilgan, 923 tasi bo‘yicha davo ko‘rmasdan qoldirilgan, 28 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. Jami ko‘rilgan ishlarning 4202 tasi ya’ni (42 %) sayyor sud majlislarida ko‘rilishi ta’minlangan.
Hisobot davrida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy ishlarining 949 tasi fuqarolik-huquqiy munosabatlarga, 8 998 tasi ma’muriy-huquqiy munosabatlarga, 134 tasini korxonalarni bankrot deb e’tirof etish haqidagi nizolar, 3 tasini hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar, 2 tasini raqobatga oid ishlar va korporativ munosabatlarga oid nizolar 12 ta ni tashkil etadi.
Ishlarni ko’rish natijasi bo’yicha javobgarlardan 177 996 636 230 so’m davogar foydasiga undirildi.
Denov tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ishlarni ko‘rish jarayonida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan 2025 yil davomida jami 91 ta (jami ko‘rilgan ishlarning 0,9%) ta’sir choralari qo‘llanilgan
Denov tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan jismoniy va yuridik shaxs vakillarining qabuli doimiy tashkil etib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi qonuniga binoan, sud nafaqat odil sudlovni amalga oshiruvchi organ, balki jamiyatda qonuniylikni mustahkamlovchi va huquqbuzarliklarning oldini oluvchi muhim institutdir.
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda huquqiy targ’ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada Denov tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 139 ta huquqiy targ‘ibot ishlari tashkil etilib, shu jumladan televideniyeda 3 ta, radioda 5 ta, gazetalarda 10 ta, jurnal 3 ta, veb-sayt va boshqa axborot vositalarida 17 ta chiqishlar qilingan. Shuningdek korxona va tashkilotlarda 101 ta ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Shuningdek, sud qarorlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi o‘rtasida Qo‘shma ko‘rsatma imzolangan bo‘lib, unda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlan maqsadida, davlat budjetiga va undiruvchilar foydasiga undiriladigan summalar yuzasidan chiqarilgan sud hujjatlarini o‘z vaqtida ijroga qaratilishi va ijro etilishi ustidan nazorat o‘rnatilgan.
Sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qilishga qaratilgan.
Z.Tojiyev,
Denov tumanlararo iqtisodiy sudining raisi.