DIQQAT, TANLOV!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti kafedralarida mavjud bo‘sh (vakant)  kafedra mudiri, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va stajyor-o‘qituvchi o‘rinlariga ochiq tanlov e’lon qiladi!

KAFEDRA MUDIRI LAVOZIMIGA:

  1. Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi – 1 nafar
  2. Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi – 1 nafar
  3. Rus tili va adabiyoti kafedrasi – 1 nafar
  4. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi – 1 nafar
  5. Maktabgacha ta’lim kafedrasi – 1 nafar

DOTSENT LAVOZIMIGA:

  1. Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi – 1 nafar
  2. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi – 1 nafar
  3. Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi — 1
  4. Maktabgacha ta’lim kafedrasi – 1 nafar
  5. Oliy matematika kafedrasi – 1 nafar
  6. Umumiy fizika va qurilish muhandisligi  kafedrasi – 1 nafar
  7. Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi – 1 nafar
  8. Raqamli iqtisodiyot kafedrasi – 1 nafar
  9. Moliya va bank ishi kafedrasi – 1 nafar
  10. Tarix va falsafa kafedrasi – 1 nafar

KATTA O‘QITUVChI LAVOZIMIGA:

  1. Xorijiy til va adabiyoti — yuqori kurslar – 1 nafar 
  2. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi – 1 nafar
  3. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi – 1 nafar
  4. Umumiy fizika va qurilish muhandisligi  kafedrasi – 1 nafar
  5. Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi – 1 nafar
  6. Raqamli iqtisodiyot kafedrasi – 1 nafar
  7. Moliya va bank ishi kafedrasi – 1 nafar
  8. Tarix va falsafa kafedrasi – 1 nafar

O‘QITUVChI (assistent) LAVOZIMIGA:

  1. Xorijiy til va adabiyoti — quyi kurslar kafedrasi – 1 nafar
  2. Xorijiy til va adabiyoti — yuqori kurslar – 1 nafar   
  3. Rus tili va adabiyoti kafedrasi – 1 nafar
  4. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi – 1 nafar
  5. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi – 1 nafar
  6. Maktabgacha ta’lim kafedrasi – 1 nafar 
  7. Pedagogika va psixologiya kafedrasi – 1 nafar
  8. Umumiy fizika va qurilish muhandisligi  kafedrasi – 1 nafar
  9. Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlar texnologiyalari kafedrasi – 1 nafar
  10.  Raqamli iqtisodiyot kafedrasi – 1 nafar
  11. Axborot texnologiyalari kafedrasi – 1 nafar
  12. Moliya va bank ishi kafedrasi – 1 nafar
  13. Tarix va falsafa kafedrasi – 1 nafar

O‘QITUVChI—STAJYOR LAVOZIMIGA:

  1. Xorijiy til va adabiyoti — quyi kurslar kafedrasi – 1 nafar
  2. Xorijiy til va adabiyoti — yuqori kurslar – 1 nafar   
  3. Rus tili va adabiyoti kafedrasi – 1 nafar
  4. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi – 1 nafar
  5. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi – 1 nafar
  6. Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi – 1 nafar
  7. Maktabgacha ta’lim kafedrasi – 1 nafar 
  8. Pedagogika va psixologiya kafedrasi – 1 nafar
  9. Oliy matematika kafedrasi – 1 nafar
  10. Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi – 1 nafar
  11.  Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlar texnologiyalari kafedrasi – 1 nafar
  12.  Raqamli iqtisodiyot kafedrasi – 1 nafar
  13.  Axborot texnologiyalari kafedrasi – 1 nafar
  14.  Moliya va bank ishi kafedrasi – 1 nafar
  15.  Tarix va falsafa kafedrasi – 1 nafar

Tanlovda ishtirok etish uchun institut Kengash kotibiga quyidagi hujjatlar topshirilishi shart:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport nusxasi);
  3. Ma’lumotnoma (ob’ektivka);
  4. So‘rovnoma;
  5. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxalari;
  6. Ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek, ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularga tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari;
  7. Ilmiy ishlar ro‘yxati;
  8. Malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar.

Hujjatlar OAVda e’lon qilingan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.

Malaka talablari:

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin.

Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Shuningdek,  bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, biroq ushbu mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek, ilmiy daraja, shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday darajaga va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.

O‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Murojaat uchun manzil:

190507, O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Qo‘zichoqli mahallasi Bog‘ ko‘chasi, 112-A uy. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Tel:   99 420 23 07
, 95 834 23 00

Previous post Prezident Murojaatnomasi — faxr va iftixor manbai
Next post Denov tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan odil sudlovni ta’minlash   borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *