«Temir xotin» komediyasidagi frazeologiyalar tahlili

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.Filologiya va tillarni o’qitish; o’zbek tili kafedrsining katta o’qtuvchisi Akbarali Boymirzayev.

 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili yo’nalishi 3-bosqich 303-guruh talabasi Norboyeva Gulshoda To’raqul qizi .

Anotatsiya: Mazkur maqolada frazeologizmlar yaxlitligicha yoki muayyan so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi asosida yuzaga kelishi, shu bois ular nutqning erkin sintaktik birliklaridan farqli ravishda, tilning turg‘un birikmalari hisoblanishi, so‘zlar singari tilning lug‘aviy birliklari qatoridan o‘rin egallashi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit soʻzlar: Frazeologiya, ibora, tahlili, qoʻllanilishi, terminlar, frazeologik birikmalar, semantik tahlili

        Frazeologiya leksikologiya bo‘limining tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko‘ra qo‘shma leksema, so‘z birikmasi va gapga o‘xshaydi. Biroq ular ko‘proq qo‘shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo‘lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi.Frazeologizm lug‘aviy birlik bo‘lganligidan u nutq jarayonida gap tarkibida bir mustaqil so‘z kabi harakat qiladi – bir gap bo‘lagi yoki kengaytiruvchi sifatida keladi: Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi. Qo‘llanilishi chegaralangan frazeologizm qo‘llanilish davri (eskirgan va zamondosh) va doirasi (dialektal, ilmiy, badiiy so‘zlashuv) bilan ham ma’lum bir tafovutlarga ega:eskirgan frazeologizm: alifni kaltak demoq, aliflayloni bir cho‘qishda qochiradigan, dastin aliflom qilib, kallasini xam qilib, yeng silkitmoq; dialektal frazeologizm: alag‘da bo‘lmoq (xavotir olmoq), ko‘ngli tob tashladi (ezildi), halak bo‘lmoq (ovora bo‘lmoq), qumortqisi quridi (intiq bo‘lmoq), juluni uzilmoq (qattiq baqirmoq); ilmiy frazeologizm: nazar tashlamoq, ko‘zga tashlanmoq, chambarchas bog‘lanmoq, to‘g‘ri kelmoq, imkoniyatlar doirasi, qulay qurshov;

Frazeologizmning semantik strukturasi.

       Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so‘z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o‘ta murakkab tabiatli, leksemada bo‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo‘lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan, mustaqil so‘z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma’noga ega bo‘lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi. Pattasini qoʻliga tutqazmoq- Bu yerda ibora oʻrnida kelgan soʻzning ma’nosi ishdan yoki biron joydan haydash ma’nosida keladi. Bu soʻz gapda gapni tez va oson anglatish uchun aytilgan. Hamda salbiy ma’ noli ibora oʻrnida kelayapti.

• Pattangni qoʻlinga tutqazaman.Doʻppisini osmonga otmoq- xursandchilik, xursand boʻlganidan oʻzini qoʻyarga joy topolmay qolish. Bu yerda ibora ijobiy ma’noda kelgan. Asarning boʻyoqdorligini oshirishda xizmat qiladi. Biz, yangi mashina kelar ekan, deb doʻppimizni osmonga otib yuramiz.

• Koʻrib koʻz quvonmoq- odatda xursand boʻlmoq ma’nosida keladi. Gapda esa havas qilmoq, shaxsni koʻrganda ajablanmoq, chiroyiga mahliyo boʻlmoq ma’nosida kelayapti. Kechqurun qishloq koʻchalarini toʻldirib, qiz- juvonlaroʻtishyapti! Koʻrib koʻz quvonadi, dil yayraydi.

• Burnini tiqmoq- aralashmoq, keraksiz joyda ham aloqasi boʻlmasa ham aralashadigan, hammaga notoʻgʻri gapiradigan ma’noda.  Voy, shoʻrtumshuq-ey! Sen nega burningni tiqasan?

• Dardini dasturxon qilmoq- muammolarini yoki kamchilliklarini hammaga aytib yurmoq. Keraksiz gaplarni oshkor qilmoq.  Men shuncha gapni boʻlmasa kimga aytdim? Butun oʻzbekning dardini dasturxon qilib oʻtiribman!

• Koʻzida yosh oʻynamoq- yigʻlashga tayyor, lekin yigʻlamaslik, bildirmaslik. Gʻamgin hafa oʻpkasi toʻlgan inson obrazi. Koʻzida yoshi oʻynab oʻtirardi.

• Koʻngli toʻlmoq- ishni bajarganidan xursand, ishini yaxshi bajarmoq, oxiri yaxshi yakun topmoq. Gapda ijobiy va boʻyoqdorlikni oshirish uchun qoʻllanilgan. Qilgan ishidan koʻngli toʻldi.

• Kapalagi uchmoq- qoʻrqib ketmoq, vahimaga tushmoq, hayron qolmoq, choʻchib ketmoq ma’nolarda. Gapda qoʻrqib ketgan inson obrazida kelgan. Qoʻchqorning kapalagi uchib, Olimjonning orqasiga bekinib oldi.

Fe’l turkumiga mansub frazeologizmlar: me’dasiga tegmoq,yaxshi ko‘rmoq, holdan toymoq, sabr kosasi to‘lmoq, o‘pkasini cho‘pga ilmoq, og‘ziga talqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, azob chekmoq, ensasi qotmoq, ko‘ngliga qo‘l solmoq.

Sifat turkumiga mansub frazeologizm: ko‘ngli bo‘sh, rangi sovuq, yuragi toza, avzoyi bejo, dili siyoh, kayfi buzuq, chehrasi ochiq, vijdoni toza, tumshug‘i baland.

Ravish turkumiga mansub frazeologizm: ipidanignasigacha, ikki dunyoda ham, miridan-sirigacha, ha-hu deguncha.

So‘z-gaplarga mansub frazeologizm: turgan gap, shunga qaramay, katta gap.

• Frazeologik antonimiya. Zid ma’noli antonimlar bir-biriga

teskari tushunchani ifodalaydi. Misollar: ko‘ngli joyiga tushdi–yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, qoni qaynadi– og‘zi qulog‘iga yetdi.

• Frazeologik omonimiya. Frazeologizmlar omonimik munosabatda ham bo‘lishi mumkin. Misollar: so‘z bermoq I («va’da bermoq»), so‘z bermoq II («gapirishga ruxsat bermoq»), boshga ko‘tarmoq I («ardoqlamoq»), boshga ko‘tarmoq II («to‘polon qilmoq»), qo‘l ko‘tarmoq I («ovoz bermoq»), qo‘l ko‘tarmoq II («urmoq»).

         Frazeologizmdagi darajalanish, giponimiya, funksionimiya, iyerarxionimiya kabi semantik munosabatlar o‘z tadqiqotini kutmoqda. Frazeologizmning semantik strukturasi. Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so‘z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o‘ta murakkab tabiatli, leksemada bo‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo‘lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan, mustaqil so‘z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma’noga ega bo‘lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi. Odatda, frazeologizmning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Biroq hech qachon ular teng emas. Chunki frazeologizm va leksema ma’nosi teng bo‘lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo‘lib qolar edi. Misol sifatida yoqasini ushlamoq frazeologizmi bilan hayron bo‘lmoq leksemasining ma’nolarini qiyoslab ko‘raylik. Mazkur frazeologizm «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan o‘ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq» bo‘lsa, hayron bo‘lmoq leksemasi «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq» sememasiga ega. Har ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holati (denotat) aks etgan.

                                                    Xulosa.

         Muxtasar aytganda, tarjima jarayonida frazali fe‘llar, maqollar, matallar, idiomalar kabi frazeologik birikmalarni to‘liq ekvivalentlarini berib, ulardan o’rinli foydalana bilish tarjimonning asl mahoratini ko’rsatib beradi. Tarjima qilingan asarlar, ma‘lumotlar tushunarli va ularning asl ma‘nomazmuni yoritib berilishi ta‘minlanadi.Frazeologik birliklarda xalqning urf-odati, madaniyati, yashash tarzi, o‘ziga xos an‘analari va milliy mentaleteti o‘z aksini topadi. Frazeologik birliklar shakli va ma‘no munosabatiga, etimologiyasida, zamonaviyligida va nutq uslublariga asoslanib farqlanadi. Ulardagi polisemiya serqirra ma‘nolarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tilda mavjud sinonim frazeologik iboralar, omonim frazeologik birliklar biri ikkinchisidan obrazlilik yoki biror nutq uslublariga xoslanganligiga ko‘ra farqlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1. A.Nurmonov. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent. Yangi asr

avlodi. 2001.

2. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent. Universtet

nashriyoti. 2009.

3.Sayfullayeva R. Hozirgi o‘zbеk tilida qo‘shma gaplarning formalfunksional talqini: monografiya. –T.: Fan, 1994.

4.Sayfullayeva R., Mеngliyev B. Boqiyeva G. va boshq. Hozirgi o‘zbеk

adabiy tili. – T.: FTM, 2009.

Previous post Chingiz Aytmatovning “Sarviqomat dilbarim” qissasida qoʻllanilgan koʻchirma gaplar tahlili
Next post SO‘Z QADRI VA QUDRATI.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *