“Ozarbayjon-2026”.Xalqaro ilmiy konferensiya tafsilotlari.

2026-yil 14–15-aprel kunlari Boku shahrida Ozarbayjon tillar universitetida fidoyi ustoz,ma’rifatparvar pedagog,akademik Nureddin Kazimov tavalludining  100 yilligi munosabati bilan   muhim ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli anjuman ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Konferensiyada turli mamlakatlardan ,jumladan,Turkiya,Xitoy,O‘zbekistondan kelgan olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari faol ishtirok etdilar. Kunning ikkinchi yarmida esa fan dasturlari va sillabuslar o‘rganilib, kutubxona fondi bilan yaqindan tanishildi, ilmiy manbalar almashildi. Shuningdek, pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun “Inklyuziv ta’lim” mavzusida master-klass darslari tashkil etildi.

Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiPedagogika fakulteti  dekani -pedagogika fanlari bǒyicha falsafa doktori, dotsent Ra’no Salomova,professor o‘qituvchilar:Jamila Ubaydullayeva,Aziza Normurodova,Ozoda Yozdonqulovalar ham o‘zlarining dolzarb mavzudagi maqolalari bilan faol ishtirok etishdi. Memorandum bandlarini amalga oshirish maqsadida Azerbaijan University of Languages Pedagogika fakulteti dekani Firuze Rzayeva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida bir qator muhim kelishuvlar imzolandi. Xususan, pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun Zoom platformasi orqali onlayn darslar tashkil etish, hammualliflikda Scopus ilmiy bazasida indekslanadigan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa fan dasturlari va sillabuslar o‘rganilib, kutubxona fondi bilan yaqindan tanishildi, ilmiy manbalar almashildi. Shuningdek, pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun “Inklyuziv ta’lim” mavzusida master-klass darslari tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa fan dasturlari va sillabuslar o‘rganilib, kutubxona fondi bilan yaqindan tanishildi, ilmiy manbalar almashildi. Shuningdek, pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun “Inklyuziv ta’lim” mavzusida master-klass darslari tashkil etildi.

Ozarbayjon tillar universiteti rektori akademik ,dramaturg.tarjimon Kamol Abdullayev,Filologiya fakulteti dekani,professor Hamida Aliyeva,Pedagogika fakulteti dekani,professor Feruza Rizayevalar hamda kafedra mudirlari bilan qiziqarli davra suhbati ham tashkil etildi.Xalqaro aloqalarni yaxshilash,o‘zaro hamkorlik ishlarini olib boorish maqsadida Memorandum tuzildi va tasdiqlandi.

Memorandum bandlarini amalga oshirish maqsadida Azerbaijan University of Languages Pedagogika fakulteti dekani Firuze Rzayeva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida bir qator muhim kelishuvlar imzolandi. Xususan, pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun Zoom platformasi orqali onlayn darslar tashkil etish, hammualliflikda Scopus ilmiy bazasida indekslanadigan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tadbir davomida zamonaviy ilmiy yondashuvlar, yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ilmiy izlanishlarning samaradorligini oshirish kabi masalalar keng muhokama qilindi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning ta’lim hamda ilm-fan rivojidagi o‘rni alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Konferensiya dasturi yalpi majlislar, sho‘ba yig‘ilishlari va amaliy seminarlarni o‘z ichiga oldi. Yalpi majlislarda yetuk olimlar o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilib, global ilmiy tendensiyalar haqida fikr bildirdilar. Sho‘ba yig‘ilishlarida esa ishtirokchilar o‘z ilmiy ishlari natijalarini taqdim etib, o‘zaro fikr almashdilar. Bu esa yangi g‘oyalar va ilmiy hamkorlik loyihalarining shakllanishiga zamin yaratdi.

Mazkur konferensiya nafaqat ilmiy natijalar almashinuvi, balki madaniy va do‘stona aloqalarni rivojlantirish uchun ham muhim maydon bo‘ldi. Ishtirokchilar Azerbaijanning boy madaniy merosi, mehmondo‘stligi va zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Xulosa qilib aytganda, Bokuda o‘tkazilgan ushbu ilmiy-amaliy konferensiya ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim voqea sifatida tarixda qoladi. U ilmiy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

J.Ubaydullayeva,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti  o‘qituvchisi.

Previous post Nega bugungi yoshlar chet tiliga qiziqmoqda?
Next post Pirimqul Qodirovning «Qadrim» Qissasining Leksik-Semantik Xususiyatlari.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *