Shekispir merosining zamonaviy jamiyatdagi dolzarbligi va uzoq yillik ahamiyati

Uilyam Shekspir dunyo adabiyotining eng yirik va mashhur ijodkorlaridan biri bo‘lib, uning asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Oradan 400 yildan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, Shekspirning tragediya va komediyalari insoniyatga xos abadiy mavzular – sevgi, ambitsiya, hokimiyat, hasad, axloqiy tanlovlar haqida so‘z yuritgani uchun hanuz yuraklardan chuqur joy olib kelmoqda. Chunki inson tabiati XVI asrdan beri uncha o‘zgargan emas, odamiylikning tub mohiyati hamon o‘sha. Misol qilib aytganda “Makbet” asaridagi halokatli hokimiyat talashuvi bugungi siyosiy va korporativ muhitdagi raqobatlar va mansabparastlikning xavfli oqibatlarini eslatadi. “Romeo va Julyetta” esa sevgi tufayli yuzaga keladigan qo‘rquv, oilaviy bosim va jamiyat kutgan me’yorlar singari bugungi yoshlar ham duch keladigan holatlarni aks ettiradi. “Otello” da esa hasad, aldov va xiyonat kabi mavzular o‘rtaga tashlanadi va u ishonch, insoniy hislar va axloqiy jasorat haqida abadiy saboqlar beradi. Shekspirning ahamiyati faqat mavzularda emas. U ingliz tiliga yuzlab iboralar va so‘zlarni olib kirib, tilni boyitgan. Masalan: “break the ice”, yoki “heart of gold” (“oltindek qalb”) kabi iboralar hanuz keng qo‘llanadi. Uning asarlari kino, teleko‘rsatuv, sahna ijodlari orqali qayta talqin qilinib, butun dunyo tomoshabinlariga tanish va qiziqarli bo’lib qolyapdi. Shekispir asarlari shunchaki hikoya emas balki ular insonning shaxsiy va ijtimoiy tanlovlari, axloqiy muammolari, siyosiy qarorlar va munosabatlar haqida o’ylashga undaydi. U o’quvchi va tomoshabinlarni o’z xulq-atvori, jamiyatdagi holati va odamlar orasidagi munosabatlarni qayta ko’rib chiqishga chorlaydi. Bu jihatlar asrlarni bog’lab turadigan umumiy insoniy haqiqatlar sanaladi.

Xulosa qilib aytganda, Shekspir faqat tarixiy adib emas balki u hali ham avlodlarga badiiy bilimni o‘rgatadi, ilhom bag‘ishlaydi va avlodlar o‘rtasida ma’naviy ko‘prik vazifasini bajaradi. Uning asarlari inson tabiatining murakkabliklarini anglashda hanuz qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.   

Sharipova Maxfirat Bozor qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi                                                    

Previous post “A1” kichik toifadagi milliy haydovchilik guvohnomasi transportni boshqarish huquqini beradimi?
Next post Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti – bag’rikeng dargoh

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *