“A1” kichik toifadagi milliy haydovchilik guvohnomasi transportni boshqarish huquqini beradimi?

Javobni Denov tuman adliya bo’limi yuridik hizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti, 2-darajali yurist. Xatamov Abduvoxid Boboxonovich beradi. 

Vazirlar Mahkamasining 25.10.2025 yildagi “Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 676-sonli qarori qabul qilindi.  

2026 yil 1 yanvardan: 

“A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarga haydovchilarni tayyorlash majburiy o‘quv dasturini o‘tamasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish huquqi beriladi. 

“A1” kichik toifasi bilan moped va skuterni, shuningdek, konstruktiv tezligi 25 km/soatdan oshmaydigan, ish hajmi 25 kub/sm gacha  yoki nominal quvvati 0,25 kVt bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan kichik mexanik transportni boshqarish mumkin. Bu kichik turkumga kirish uchun imtihon topshirishda o‘qish shart emas. 

2026 yil 1 fevraldan “A” va “V” toifali haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlar ham haydovchilarni majburiy tayyorlash dasturining nazariy qismini mustaqil ravishda o‘rganishlari mumkin bo‘ladi. 

Shuningdek, talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarda to‘liq qatnashadi; 

talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq qatnashgandan so‘ng transport vositalarini boshqarish ko‘nikmalarini baholashning ijobiy natijalariga asosan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi; 

talabgorlarning haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturining amaliy mashg‘ulotlardagi o‘qishni tugatgani haqidagi ma’lumotnoma elektron tarzda shakllantiriladi; 

“A” va “V” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi. 

Hujjatga ko‘ra, “A”, “V”, “S”, “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarishi mumkin. 

 2026 yil 1 apreldan boshlab foto va video qayd etish tizimlari tomonidan qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari hisoblanadi. 

 Agar ballar soni 12 balldan oshsa, transport vositasi jarima maydonchasiga yuboriladi. 

 Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchiga emas, balki transport vositasi egasiga ball qo‘yilishining oldini olish uchun tegishli axborot tizimlariga avtotransport vositasini haydovchiga – undan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsga berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Bu ma’lumotlar transport vositasi topshirilayotgan haydovchi tomonidan tasdiqlanishi kerak. 

 Ichki ishlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima ballari hisoblash bo‘yicha “E-jarimaball” modulini ishlab chiqish va joriy etish topshirildi. Hisoblangan jarima ballari to‘g‘risidagi axborotni ushbu modul orqali yoki YaIDXP orqali olish mumkin bo‘ladi. 

Denov tuman adliya bo’limi yuridik hizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti, 2-darajali yurist. Xatamov Abduvoxid Boboxonovich beradi. 

Previous post Qishloq xo‘jalik ekinlarida zararli organizmlar tarqalishining oldini olish bo‘yicha “Dolzarb 20 kunlik” tadbiri e’lon qilindi
Next post Shekispir merosining zamonaviy jamiyatdagi dolzarbligi va uzoq yillik ahamiyati

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *