Denovlik shoir Shuhrat Azizov «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Shuhrat Azizov ham bor. U ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mahorat va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, yuksak malakali kadrlar tayyorlash hamda farzandlarimizni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari uchun «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.

Shuhrat Azizov ijodiy faoliyati davomida respublika matbuoti va adabiy muhitida faol ishtirok etib, xususan, Denov tumanidagi«Chag‘oniyon» gazetasida ham samarali faoliyat olib borgan.

Mazkur yuksak e’tirof shoirning serqirra ijodi, fidokorona mehnati hamda yurtimiz ma’naviy hayotini boyitish yo‘lidagi xizmatlarining munosib bahosi bo‘ldi.

Previous post Institutimizda ilmiy darajali o’qituvchilar safi kengaymoqda
Next post Milliy qadriyatlar va zamonaviy hayot

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *