Institutimizda ilmiy darajali o’qituvchilar safi kengaymoqda

Bugungi kunda har qanday soha taraqqiyotini ilmsiz, innovatsiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimida sifat va samaradorlikni oshirishda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu ma’noda, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham so‘nggi yillarda ilmiy darajali kadrlar safini kengaytirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida samarali tizim yaratildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston — maktab ostonasidan, ta’lim va tarbiya tizimidan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilab berilgan strategik maqsadlar institutimiz jamoasi uchun ham o‘ziga xos yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Quvonarlisi shundaki, 2025-2026-o‘quv yili davomida institutimizning  “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishida deyarli 10 nafar professor-o‘qituvchilar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

Xususan, I.Choriyeva, M.Sobirjonova, U.Qodirov, D.Bobojonov, M.Qayumova, B.Sodiqova, S.Yo‘ldoshev, B.Xudoyqulov, O.To‘raqulova, M.Mardonovalarning ilmiy ishi nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati bilan ham mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi hamda institutimizning ilmiy salohiyati oshishiga o‘z xissalari qo‘shganlari barchamizni quvontiradi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Ilm-igna bilan quduq qazishdir”. Ushbu mashaqqatli, ammo sharafli yo‘lda zafar quchayotgan hamkasblarimizning yutuqlari butun institut jamoasining yutug‘idir.

Kelgusida maqsadimiz — institutimiz ilmiy salohiyatini yanada oshirish, xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallash va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlashdan iborat. Ilmiy izlanishlar va yangi kashfiyotlar sari dadil odimlayotgan barcha hamkasblarimizga zafarlar yor bo‘lsin!

Mirzayeva Gulasal

Xo‘shbaqova Nasiba

(Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi o‘qituvchilari)

Previous post Sun’iy intelektning o’zbek tilini o’qitishdagi o’rni
Next post Denovlik shoir Shuhrat Azizov «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *