Oftob kulsa, zamin uzra farahzoda nur sochilar,
Zamin uzra tirik jon-u t urfa olam gul ochilar,
Farahzoda turfa olam ko’ringaydir ko’zlarimdan
Nur sochilar, gul ochilar, ko’zlarimdan yosh tomchilar.
***
Man oshiq yor uchun ko’p nuqson gul bo’ldim,
Yor uchun xizmatda bezabon qul bo’ldim,
Ko’p nuqson, bezabon ishqimda va oxir
Gul bo’ldim, qul bo’ldim va oxir kul bo’ldim.
***
Kimga hikmat, davlat dunyo,
Hikmat boqiy har vaqt go’yo,
Davlat har vaqt selday oqar
Dunyo go’yo oqar daryo.
***
Dunyoda man yorim ishqida ovora,
Man yorim vasfida benasib bechora,
Ishqida benasib bir Layli ham bo’ldim,
Ovora, bechora ham bo’ldim dilpora.
***
U mendan so’radi, ayt nechun baxtlisan?
So’radi nesabab xurshiddek shahdlisan?
Ayt nechun xurshiddek yuksaksan ishqingda?
Baxtlisan, shahdlisan, ishqingda ahdlisan.
Nargiza Narmatova
Termiz davlat universiteti
O’zbek filologiyasi fakulteti, 4-bosqich talabasi