So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan aholi va tashkilotlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, joylardagi muammolarni jamoatchilik ishtirokida hal etishga qaratilgan “Open byudjet” loyihasi keng joriy etildi. Mazkur loyiha doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ham faol ishtirok etib, qator yirik g‘alabalarga erishdi.
Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, talaba-yoshlar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilgan loyihalar quyidagilardan iborat:
- 2022-yilda institut 530 million so‘mlik ISUZU rusumli avtobus yutib, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ichki turizm safarlarini tashkil etish uchun qulaylik yaratdi.
- 2023-yilda institut bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik g‘alabalarga erishdi. Jumladan:
- Denov tumani “Bog‘” ko‘chasida joylashgan o‘quv binosi hududida 1 milliard 107 million 813 ming 931 so‘mlik zamonaviy mini stadion qurilishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi;
- Sariosiyo tumani “Gulobod” mahallasida joylashgan o‘quv binosi hududida 1 milliard 52 million 544 ming 405 so‘mlik zamonaviy mini stadion qurish loyihasida ham g‘olib deb topildi;
- Shuningdek, “Gulobod” mahallasidagi o‘quv binosi hududida 1 milliard 438 million so‘mlik “Yoshlar markazi” qurish loyihasi ham g‘alaba qozondi.
- 2024-yilda institut faoliyati yanada keng ko‘lamda rivojlandi:
- Denov tumani “Istiqbol” mahallasida joylashgan o‘quv binosi hududida 1 milliard 349 million so‘mlik “Karyera markazi” qurish loyihasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi;
- 35 dona zamonaviy interaktiv elektron doskalar (875 million 430 ming so‘mlik) hamda 859 ta mebel jihozlari (654 million 420 ming so‘mlik) bilan moddiy-texnik baza mustahkamlandi;
- Shuningdek, “Istiqbol” mahallasidagi o‘quv binosi tashqi hududlarini 1 milliard 360 million so‘mlik asfalt qoplamasi bilan qoplash loyihasida ham g‘olib deb topildi.
- 2025-yilda institut loyihaviy faoliyatini yanada kengaytirib, ikki yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi:
- “Istiqbol” mahallasida joylashgan o‘quv binosi va Axborot resurs markazi hududidan o‘tuvchi zovurning 650 metr qismida yopiq drenaj tizimi barpo etish (1 milliard 360 million so‘mlik) loyihasi;
- Sariosiyo tumani “Gulobod” mahallasidagi o‘quv binosini 1 milliard 100 million so‘mlik joriy ta’mirlash loyihasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Bugungi kunda ushbu loyihalarning barchasi ta’lim sifati va talabalar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar bilan institut nufuzini oshirmoqda. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi “Open byudjet” tashabbuslarida faol ishtirok etishni davom ettirib, kelgusida ham ta’lim infratuzilmasini yanada takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.
Dilmurot Tursunov,
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori.