Denov tadbirkorlik va pedagogika institutda talabalar uchun zamonaviy va qulay turar joylar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar faol olib borilmoqda. Institut rahbariyati talabalarning hayotiy sharoiti va ta’lim sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Joriy yilda davlat-xususiy sherikchilik asosida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi qurilishi boshlandi. Bu loyiha nafaqat talabalar uchun qulay va zamonaviy yashash sharoitini ta’minlaydi, balki ta’lim jarayonining sifatini oshirishga ham xizmat qiladi. Yangi turar joyda zamonaviy mebel va texnika jihozlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan, shu bilan talabalar uchun uy sharoitiga yaqin muhit yaratiladi.
Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish maqsadida institut hududida 1000 kilovatt soatli quyosh panellari o‘rnatildi. Bu tadbir nafaqat iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, balki atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanishga ham hissa qo‘shadi. Institutning ushbu harakatlari yosh avlodni ekologik ma’rifatga ham e’tiborli bo‘lishga chorlaydi.
Ilgari bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish maqsadida bir bino 75 o‘rinli talabalar turar joyiga aylantirildi. Bu qadam talabalar sonining ko‘payishi va ular uchun qo‘shimcha yashash sharoiti yaratishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, qilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlar institut kelgusi yillarda talabalar uchun yanada zamonaviy va qulay muhit yaratishga qaratilganligini ko‘rsatmoqda.
Talabalarning yashash sharoiti va ta’lim sifati o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. Shu bois amalga oshirilayotgan loyihalar faqat moddiy bazani rivojlantirish bilan cheklanmaydi, balki talabalarning bilim olishi va ma’naviy rivojlanishiga hissa qo‘shadi, ta’lim muhitini yanada takomillashtirishga zamin yaratadi. Shuningdek, kelajakda mamlakatimizda sifatli kadrlar tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.
Dilmurot Tursunov,
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori.