Iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlarida kichik biznes va xuxusiy tadbirkorlik ulushining oshishi iqtisodiy o’sish va ijtimoiy barqarorlik ta’minlanishining mustahkam poydevori hisoblanadi. Ma’lumki, tadbirkorlik-bu tashabbus va faollik asosida kelgusida yuz berishi mumkin bo’lgan turli xatarlarni hisobga olib, mas’uliyat va javobgarlik bilan amalga oshiriluvchi iqtisodiy faoliyatdir. U erkinlik, ijodkorlik hamda raqobat muhiti uyg’unligida juda katta bunyodkorlik kuchini hosil qiladi. Ayniqsa, faoliyat ko’lami jihatidan nisbatan ixcham bo’lgan kichik tadbirkorlik iqtisodiyotdagi kon’yunkturaviy o’zgarishlarga tezlik bilan moslasha olish, iste’molchining did va qiziqishlarini anglash va e’tiborga olish, ichki imkoniyatlardan to’liq foydalanish, raqobat muhitini kuchaytirgan holda iqtisodiyotga jo’shqinlik baxsh etish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o‘tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo‘llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrda “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-4862-son Qarori tasdiqlanishi yuqorida Prezidentimiz tomonidan qayd etib o‘tilgan fikrlarning hayotdagi isboti sifatida qarash mumkin. Ushbu Qaror aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, kambag„allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishga qaratilgan. Ushbu qarorda aholini ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni kichik tadbirkorlik bilan shug„ullanishga jalb etish, mikromoliyalash tizimini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Hududda qulay ijtimoiy-iqtisodiy muhitning shakllanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik salohiyatidan samarali va optimal foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi
Denov tuman statistika
Bo`limi boshig`i U.Alikulov