Mahliyo Eshmamatova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ona tili va adabiyot kafedrasi oʻqituvchisi.
Shoxida Normurodova,
Nilufar Sattorova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti talablari.
O‘zbek adabiyotining qalami o‘tkir yozuvchilaridan biri Abdulla Qahhor (1907-yil 17-sentyabrda Qoʻqon–1968-yil 25-mayda, Moskva ) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan keyin internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchi-batrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qoʻqonga borib, dastlab oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; koʻp oʻtmay „Yangi Fargʻona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chigʻiriq“ hajviy boʻlimiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). Soʻng uning bir qancha hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yoʻl“ jurnallari va „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga kiradi (1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Oʻzdavnashrda muharrir va tarjimon (1935–1953). 1954–1956-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi boshqaruvining raisi.
Abdulla Qahhor ijodiy hayoti mobaynida 40 dan ortiq asar yozgan. Bu kitoblar orasida 30 taga yaqin hikoyalar bo‘lib, ular o‘zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. “Asror bobo”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Xotinlar” hikoyalari va “Oltin yulduz kabi qissalarida o‘zbek jangchilarining mardligi, halqimizning mehnatdagi jonbozligi, yuksak vatanparvarligi ifodalangan. Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan “Qo‘shchinor chiroqlari” (1951) romani va “Sinchalak” (1958), “Muhabbat” (1968), ”O‘tmishdan ertaklar” (1965) qissalari, «Boshsiz odam», «Anor», «Bemor», «Dahshat», «O‘g‘ri», » Millatchilar», «San’atkor», «Adabiyot muallimi», «O‘jar» kabi hikoyalari o‘zbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Abdulla Qahhor hikoylarida hayotdagi va inson tabiatidagi turli- tuman nuqsonlarni tanqid etgan. Odamjot mavjud ekan baxillik, johillik, ochkozlik, maqtonchoqlik va boshqa nuqsonlar albatta yashaydi. Bu qusurlar ya’ni illatlar inson qadr-qimmatini pasta uradi, barkamol inson bo‘lishga beradi.
Maqol, frazeologizmlar va kinoya nima?
Maqol-xalq og’zaki ijodi janri; qisqa va lônda, obrazsiz, grammatik va mantiqiy jihatdan tugallangan ma’noli birikmadir. Maqollarda avlod-ajdodlarimizning hayotiy tajribalari tarixi, ruhiy holati etik va estetik tuyg’ulari, ijobiy fazilatlari
Frazeologizm (gr.phrasis-«ifoda», logos- ta’limot») ma’nosini aglatadi. Frazeologizm ibora deb ham yuritiladi. Birdan ortiq mustaqil leksema kôrinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’naviy tabiatga ega bôlgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi. Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta gap bôlagi vazifasizda keladi. Iboralar nutqni ta’sirchan jozibali qiladi.
Kinoya — uslubiy vosita; maʼqullagandek yoki rizo bergandek boʻlib, rad etish, istehzoli kulish. Kinoyada soʻz yoki ifoda nutqda asl maʼnosiga teskari, hatto uni rad etuvchi mazmun kasb etadi. Kinoya uslubiy vosita sifatida majoziy soʻzlar orqali piching va istehzoni ifodalaydi. Komiklikning bir turi boʻlgan kinoyada kulgililik jiddiylik niqobi ostiga yashirinib, oʻzida soʻzlovchidagi ustunlik yohud gumonsirash tuygʻusini aks ettiradi. Kinoya xalq ogʻzaki ijodida ham, yozma adabiyot namunalarida ham keng qoʻllanadi. Abdulla Qahhor ning «O‘g‘ri» hikoyasida- «Otning o‘limi itning bayrami», «Dehqonning uyi kuysa kuysin,ho‘kkizi yo’qolmasin», «Xudo yallaqag‘ur», «Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi», «Quruq qoshiq og‘izni yirtar», «Tepa sochi tikka bo‘ldi», «Yo‘qolmasdan ilgari bormadi?», «Opynashmagin arbob bilan arbob urar, har bob bilan», «Qozonni suvga tashlash», «Begim deguncha kishining beli sinadi» kabi maqol, ibora va kinoya qo’llangan. Eskirgan soʻzlar – kundalik muloqotda koʻp qoʻllanilmaydigan, ammo tilning lugʻatida saqlanib qolgan va keng ommaga tushunarli boʻlgan, maʼlum davrlarda qoʻllangan, lekin hozirgi kunda foydalanilmaydigan soʻzlar.
Arxaik so‘zlar
Eskirgan soʻzlar oʻziga xos tarixiylikni mukammal ifodalaydi, adabiy matnni rang-barang va yorqin qiladi. Lekin toʻgʻri va toʻgʻri foydalanish uchun siz har doim tushuntirish lugʻatiga murojaat qilishingiz kerak.
Eskirgan soʻzlar eskirish koeffitsiyenti va eskirish boisi, foydalanish xususiyatiga qarab oʻz leksik sistemasini tashkil qiladi.
Eskirish darajasi boʻyicha:
a) maʼnosi tushinarli boʻlmagan soʻzlar ;
b) maʼnosi aniq, lekin kam qoʻllaniladigan soʻzlarga boʻlinadi. Eskirgan soʻzlar tilda eskirish xususiyati va qoʻllanish xususiyatlariga koʻra ikkiga boʻlinadi: tarixiy va arxaik so’zlar .
Tarixiy soʻzlarda soʻz oʻzi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Tarixiy soʻzlarning eskirishi rasmiy unvonlarning yoʻqolib qolishi, ijtimoiy hodisalar, shu bilan birga, harbiy qurollar va sanoat anjomlarining foydalanishdan chiqib ketishi bilan bogʻliq.
Arxaik soʻzlarda soʻz eskiradi, ammo tushuncha saqlanadi va u boshqa yangi soʻz bilan nomlanadi.
Arxaik soʻzlar har bir davrda xalqning kundalik turmushi, urf-odatlari, dunyoqarashiga qarab oʻzgarib, boshqa soʻzlar bilan almashtirilgan, eskirgan, mangu qoʻllanishdan chiqib ketgan soʻzlar (paygʻom, bogʻot, gisu va boshqalar). Shunday boʻlsa ham, ayrim eski soʻzlar yangi maʼno kasb etib, lugʻat tarkibidagi faol soʻzlarga qoʻshilishi mumkin. Eskirgan soʻzlar tarixan oʻzgaruvchan leksik-semantik hodisalar hisoblanadi.
Abdulla Qahhorning «O‘g‘ri» hikoyasida-Burunsiz, ellikboshi, oq pashsha, aminga, qo‘sh mahal, tek qolmoq, chashna, beto‘xtov, pristav, azayimxon, obdasta, gardon, uch yelpish tovoq jo‘xori, tortiq, tilmoch, bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so’m pul, ko’pchilik, paxtafurush kabi arxaik so‘zlar qo‘llangan.
Sinonim -Oʻzaro sinonim boʻlgan soʻzlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator 2 va undan ortiq soʻzlardan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma sinonimik qator 2 soʻzdan, yuz, aft, bashara, bet sinonimik qator esa koʻp soʻzlardan tuzilgan. Abdulla Qahhor ning «O‘g‘ri » hikoyasida-tortiq, hadya, kun, qorong‘u kabi sinonim so‘zlar qatnashgan. Antonimlar (zid maʼnoli soʻzlar) — grekcha anti — „zid“, „qarama-qarshi“ onoma yoki onyma — „nom“ degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlar, yaʼni maʼnosi bir-biriga zid boʻlgan soʻzlar antonim deyiladi. Abdulla Qahhor ning «O‘g‘ri» hikoyasida- kam-ko‘p, beto‘xtov-to‘xtov, yaxshi-yomon, kelmoq-ketmoq kabi antonim so‘zlar qatnashgan.
Omonimlar (omo … va yun. oputa – nom, ism) – umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. Abdulla Qahhor ning «O‘g‘ri» hikoyasida-Uy, bosh, burun, tush kabi omonim so‘zlar qatnashgan.
Yozuvchi asarlarining asosiy qismini tashkil etgan umumo’zbek so’zlardan mohironalik bilan foydalangan. Asarni nega «O‘g‘ri » deb nomlanishiga qarasak, o‘zi o‘g‘ri kim? «O‘g‘ri» oddiy xalqni tanlagan amaldorlar ularga yordam berishni o’rniga ularni talaydilar, ustidan keladilar. Asarda Aminning «Yo‘qolmasdan ilgari bormadi?» degan kinoyali gapi bunga yaqqol misol bo’ladi.