Sinonimlarning so’z turkumlari aro munosabati

Mahliyo Eshmamatova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Ona tili va adabiyot kafedrasi o’qtuvchisi.

Mohinur Abdurahmonova,
Hulkar Daminova,

Navbahor Anvarova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti  talabalari.

Ona tilining ichki imkoniyatlarini o’rganish hozirgi kunning ham dolzarb muammolaridan hisoblanib kelinadi. So’z turkumlaridagi, umuman olganda ona tiliga yondosh hodisalardan aynan bir to’xtamga kelish bir qadar mushkul.  Bu o’rinda aynan bitta so’zning ham bir necha o’xshash (muqobil) variantlarini, ma’nodoshlarini ko’rishimiz mumkin.

Tilimizda bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so’zlar ma’nodosh (sinonim) so’zlar deyiladi. Sinonimlarda faqatgina so’zlar emas , affiks (qo’shimcha) lar ham ma’nodoshlik hosil qila oladi. Masalan, tilshunos-tilchi. Dardchil-dardkash, o’rinsiz-noo’rin.  Ma’nodosh (sinonim) lik xususiyati faqat bir so’z turkumi doirasida vujudga kela oladi. Shu bilan bir qatorda ot so’z turkumidagi so’zlar faqatgina ot so’z turkumi bilan sinonimlik hosil qila oladi. Masalan, inson bosh qismining old tomoni  —oraz,  uzor, ruxsor, tal’at, chehra, yuz, aft, bet, bashara, nusxa, turq so’lari orqali ifodalanadi.  Ammo yuqoridagi so’zlar ichida barcha uchun tushunarli bo’lgan so’z tanlab olinadi, hamda bu so’z bosh so’z (dominant) deb yuritiladi. Ya’ni, yuqoridagi inson bosh qismining old tomoni tushunchasidan yuz so’zi dominant so’z sifatida olinadi. Chunki bu so’z barcha (so’zlashuv, kitobiy, badiiy, rasmiy, publitsistik) uslublarda qo’llana oladi.

Fe’l so’z turkumi sinonimlik sifatida kulmoq, jilmaymoq, iljaymoq, tirjaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq, hiringlamoq so’zlarida eng ko’p qo’llanuvchi so’z kulmoq hisoblanadi. Hamda dominant bosh so’z deb yuritiladi.  Ammo, shu jihat e’tiborga molikki, ma’nodosh so’zlar umumiy ma’no ifodalasa ham, shu umumiy ma’noni qanday ifodalash nuqtaiy nazaridan bir-biridan farq qiladi. Jumladan, shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo’kirmoq so’zlari so’zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo’lsa-da, ammo ular ovozning baland pastligiga  ko’ra farq qiladi. Shuningdek, to’ng’illamoq, ming’irlamoq, vaysamoq, javramoq so’zlari ham so’zlash umumiy ma’nosiga ko’ra  yuqoridagi so’zlar bilan birlashadi.  Lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farqlanadi.  Shu o’rinda aytishimiz mumkinki, ma’nodosh (sinonim) so’zlarda ijobiy va salbiy baho bo’lishi mumkin.

Ijobiy bahoSalbiy baho
JilmaymoqHiringlamoq
Qah-qah urmoqIljaymoq
Xanda otmoqTirjaymoq

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bosh so’z (dominant) so’zda hech qanday baho mavjud bo’lmaydi.

Yuz –neytral, uslubiy betaraf so’zIjobiy bahoSalbiy baho
OrazAft (salbiy baho kuchli)
UzorTurq (salbiy baho juda kuchli)
JamolBashara (salbiy baho juda kuchli)
RuxsorBet (salbiy baho)
Chehra 

Sifat so’z turkumida  sinonimlik so’z va qo’shimchalar qo’shish orqali hosil bo’lishi kuzatiladi.  Masalan, dangasa, ishyoqmas, yalqov. Bu so’zlarda dominant so’zga nisbatan ikkilanishlar mavjud.  Chunki har bir so’z ko’p qo’llanish doirasiga ega. Ammo shunday bo’lsa-da,dangasa so’zi daminant so’z sifatida olinadi.

Suluv-chiroyli-go’zal-kelishgan-xushro’y. Bu  so’z yuqoridagi sifatlarda chiroyli so’zi dominant(bosh so’z) hisoblanadi. Qolgan so’zlar bu so’zga ma’nodoshlik hosil qiladi.Undan tashqari qo’shimchalar orqali sifat sinonimlar yasaladi.

O’rinsiz-noo’rin
Baxtsiz-bebaxt
Gulli-guldor-sergul
Badavlat-davlatdor
Xususan yuqoridagi qo’shimchalarni qo’shish orqali yasaladi.

Ayrim sinonim so’zlarning izohi.

Asil (sara, sarxil, xil, zupta). Asil-qimmati, fazilati va boshqa jihatidan eng yuqori. Asil, sara, xil-shaxs yoki narsa-predmetga nisbatan qo’llanadi. Sarxil asosan saralab (xillab) ajratilishi mumkin bo’lgan narsalarga nisbatan qo’llanadi. Zupta juda kam uchraydi.

Avaylamoq (ayamoq, ehtiyotlamoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, e’zoz qilmoq, papalamoq) avaylamoq so’zida ehtiyotlash darajasi ayamoq, ehtiyot qilmoq so’zlaridagiga nisbatan kuchliroq. Ardoqlamoq  oddiy so’zlashuvda kamroq uchraydi. Bu so’zda g’amxo’rlik munosabati yana ham kuchliroq bo’ladi. Papalamoq so’zlashuv  nutqiga xos, suyish munosabatini aks ettiradi.

Azob (aziyat,  jabr, jafo,  ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam) azob-ruhiy yoki jismoniy qiynoq. Aziyat asosan katta yoshdagi o’qimishli insonlar nutqida qo’llanadi. Jabr inson tomonidan bo’ladigan azob,azobga nisbatan kuchli. Jafo mustaqil so’z holida juda kam qo’llanadi. Ozor yuqoridagi so’zlarga nisbatan kuchsizroq. Iztirob asosan ruhiy azob. Uqubat, sitam so’zlari mustaqil holda juda kam qo’llanadi.

Undan tashqari sinonimlik xususiyati o’zlashgan so’zlar doirasida ham uchraydi.

Buyruq (turk)-farqmon(fors)-amr(arab)
Ko’klam (turk)-bahor(fors)
Ko’ngil(turk)-dil(fors)-qalb(arab)
Manglay (turk)-peshona(fors)
Et(turk)-go’sht(fors)
Og’och(turk)-daraxt(fors)
Chechak(turk)-gul(fors)
Yaproq(turk)-barg(fors)

Kabi sinonimlarni ham uchratishimiz mumkin. Bu yuqoridagi so’zlar o’zlashgan ot so’z turkumiga oid so’zlar hisoblanadi.

        Umuman olganda, ma’nodosh(sinonim) so’zlar bir ma’noni xima-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda,nutqni bezashda,nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir.

      Ma’nodosh (sinonim) so’zlar faqatgina o’ziga tegishli turkum doirasidagina amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonda barcha uchun tushunarli bosh so’z (daminant) mavjud bo’lib, qolgan so’zlar bosh so’z atrofida yig’iladi.

       Ma’nodosh so’zlarning yana bir xususiyati mavjudki,vaziyatga moslab bu so’zlarning muqobillarini qo’llay olishimiz mumkin.

         Qisqa qilib aytganda,ma’nodosh(sinonim)so’zlar nutqning ta’sirchanligi va jozibasini ko’rsatishda xizmat qiladi.

Previous post Ot so’z turkumi
Next post Eski o’zbek tili yoxud qadimiy turkiy til