Nilufar Saitova ,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ona tili va adabiyot kafedrasi o’qtuvchisi.
Yoʻldosheva Musliha,
Mamadaminova Charos,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari.
Ot so`z turkumi — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam,otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan;d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldorusul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh,zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor,Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik,paxtachilik, ishonch, yig’ilish, radiolashtirish, odamgarchilik). So ̳z turkumlarida so ̳z yasalishi.Otlarning yasalishi haqida. So ̳z yasalishi hodisasi mustaqil so ̳z turkumlariga xos bo ̳lib, bu hodisa ot, sifat, fe‘l, ravish turkumlari uchun xarakterlidir. Mustaqil so ̳zlardan son va olmoshlar so ̳z yasalish tizimiga ega emas. Chunki son va olmosh so ̳z yasash usullari orqali boshqa turkumga mansub so ̳zlardan yasalmaydi. Biroq bu turkumga mansub so ̳zlar fe‘l, ravish va qisman ot yasalishida ishtirok etadi.
chi: ot, sifat, son va harakat nomidan ot yasaydigan serunum affiksdir:ov+chi, ish+chi, a‘lo+chi, yolg ̳on+chi, ikki+chi, ellik sentner+chi, kurash+chi, o ̳quv+chi. Bu otlar umumiy ma‘nolariga ko ̳ra bir necha uyadosh guruhlarni tashkil etadi:1) kasb, mutaxassislik bilan shug ̳ullanuvchi shaxs otlari: ishchi, neftchi, sportchi, qo ̳shiqchi, bo ̳zchi, hisobchi, tunkachi, tilchi; 2) asosdan anglashilgan harakat va hodisada ishtirok etuvchi shaxs otlari: jangchi, isyonchi, hasharchi; 3) asosdan anglashilgan harakat va hodisa bilan shug ̳ullanuvchi shaxs oti: respublikachi, himoyachi, xabarchi kabilar shular jumlasidandir.–chi af-fiksi ba‘zi ot yasovchilar bilan ma‘nodoshlik hosil qiladi. Shu bois ular qo ̳shilgan o ̳zakdosh so ̳zlarsinonimik munosabatda bo ̳ladi: chorva+chichorva+dor, ko ̳mak+chi-ko ̳mak+dosh, mehnat+chi- mehnat+kash, til+chi-til+shunos. Bu affiks so ̳roq, taajjub, kuchaytiruv ma‘nolarini anglatuvchi – chi yuklamasi bilan shakldoshdir: terim+chi, terim- chi.
Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida hosil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovun-tarvuz. Otning takroriy shakli koʻplik maʼnosini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor gʻalla.
Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.
Boshqa so‘z turkumlari konversiyaga uchrab otga o‘tishi mumkin. Masalan: dedi-dedi bunda fe‘l takror qo‘llanib fe‘ldan otga o‘tgan, yoki bordi-keldi ham bunga misol bo‘la oladi. Bu fe’l juftlashib otga o‘tgan hisoblanadi. Bunga yana ur-yiqit, keldi-ketdi, oldi-berdi kabi juftlashgan fe,llarni misol qilib aytsak bo‘ladi.
Kelishik kategoriyasi bu otlarga qoʻshilib, ularni oʻzidan keyin kelgan boshqa soʻzlarga tobelantirib bogʻlab keladigan qoʻshimchalarga kelishik qoʻshimchalarini deyiladi
.Oʻzbek tilida kelishiklar soni 6 ta.
1.Bosh kelishik, qoʻshimchasi yoʻq.
2. Qaratqich kelishigi, qoʻshimchasi -ning.
3. Tushum kelishigi, qoʻshimchasi -ni.
4. Joʻnalish kelishigi, qoʻshimchasi -ga(-ka, -qa).
5.Oʻrin-payt kelishigi, qoʻshimchasi -da.
6.Chiqish kelishigi, qoʻshimchasi -dan.
Otlarning lugʻaviy (vazifa, funksional) shakllari ham mavjud boʻlib, bu shakllar ham kelishik kategoriyasi kabi olti turga ajratiladi. Ushbu shakllarni va ularning qoʻshimchalarini quyida bilib olishimiz mumkin.
1.Kichraytirish shakli.
Bu shaklning qoʻshimchalariga-cha,-choq,-chak,-kay,-ak,-ka,-k,-a,-chiq.
2.Erkalash shakli.-jon, -xon, -oy, -begim, -loq, -aloq, -gina, -boy, -voy, -bonu, -niso
va boshqalar kiradi.
3.Chegara shakli.-gacha
.4. Oʻxshatish shakli. -dek,-day.
5.Qarashlilik shakli.-niki.
6.Koʻplik shakli.-lar.
Otlar bir turdagi predmetning umumiy yoki ulardan birining nomini, maʼnosini bildirishisha koʻra ikki turga boʻlinadi. Tilshunoslikda turdosh otlarga nisbatan otlar, atoqli otlarga nisbatan nomlar atamasi qoʻllanadi
.Bir turdagi shaxs, narsa,oʻrin-joy, voqea-hodisalardan biriga atab qoʻyilgan nomlar atoqli otlar deyiladi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Shaxs nomlari (Antronimlar). Kishilarning ismlari, familiyalari, otasining ismi va taxalluslar kiradi.
2. Joynomlari(Toponimlar).
3.Suv havzalari nomlari(Gidronimlar) .
4.Hayvonot nomlari(Zoonimlar).
5.Osmon jismlari nomlari(Astronimlar).
6.Tarixiy sana va bayramlar.
jahon ilmiy – metodik jurnali
7.Texnik jihozlar nomlari.
8.Unvon, orden, medal va mukofotlar nomlari.
9. Tashkilot,korxona va muassasalar nomlari.
10. Matbuot nashrlari,asarlar,kino film nomlari.
11.Oziq-ovqat nomlari.
12. Transport vositalari nomlari.
Bir turdagi shaxs narsa oʻrin-joy faoliyat-jarayon kabilarning umumiy otini ifodalaydigan soʻzlar turdosh otlar deyiladi.Turdosh otlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
1.Shaxs otlari.
2. Narsa otlari.
3. Oʻrin-joy otlari.
4. Faoliyat-jarayon otlari.
Yuqorida keltirilgan turdosh ot guruhlariga quyida bir nechta misollar keltirb oʻtamiz. Misol uchun: suvchi, zargar, soatsoz, hamkasb, yozuvchi kabilar shaxs otlariga kirsa, kulgich, oʻchirgʻich, elak, soliq kabilar narsa otlariga kiradi.
Oʻrin-joy otlariga misol: paxtazor, jarlik, pistirma va boshqalar.
Faoliyat-jarayon otlariga misol: oʻqituvchilik, shifokorlik, zargarlik, toʻy, sayl, poyga va boshqalar kiradi.
Turdosh otlar bevosita kuzatish mumkin yoki mumkin emasligiga koʻra ikki guruhga boʻlinadi: aniq otlar (konkret) va mavhum otlar(abstrakt).
Otlarning tuzilishiga koʻra turlari asosan 4 guruhga boʻlinadi
Bular: 1. Sodda otlar.
2.Qoʻshma otlar.
3.Juft otlar.
4. Takror otlar.
Faqat bir asosdan tashkil topgan otlar sodda otlar deyiladi. Birgina yetakchi morfemadan tashkil topgan otlar sodda otlar deyiladi. Masalan: uy, yer, guldon, bogʻbon
Ikki va undan ortiq asosidan tashkil topganotlar qoʻshma otlar sanaladi. Ikki va undan ortiq yetakchi morfemadan tashkil topgan otlar qoʻshma otlar deyiladi. Masalan: qoʻlqop, oltingugurt, qoʻziqorin, boychechak.
Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi maʼnoli asoslardan tashkil topgan otlar juft otlar deyiladi.