Nargiza Mamarajabova,
Jasmina Kamolova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili yo’nalishi talabalari.
Nilufar Saitova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filolgiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.
Annotatsiya: Maqolada ona tili darslarini o’qitishda aniqlovchining gap tarkibida qo’llanilishi yuzasidan mulohazalar yoritilgan. Aniqlovchi va uning turlari haqida bir qancha fikrlar keltirilib, ushbu fikrlar misollar orqali yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Aniqlovchi, sifatlovchi aniqlovchi, qaratqichli aniqlovchi
Aniqlovchi ot bilan ifodalangan, shuningdek, bo’lak yoki bo’laklarining, undalma yoki kirish birikmalarning kengaytiruvchisi. To’ldiruvchi kabi aniqlovchi ham so’z kengaytiruvchisi sifatida gap tarkibida qatnashayotgan otlarning lug’aviy valentligini to’ldiradgan vosita sifatida namoyon bo’ladi va gap konstruktiv tuzilmasidan o’rin egallamaydi. Uning lisoniy sathga aloqadorligi – muayyanlashuvchi otning qanday valentligiga muvofiq kelishi va uning sintaktik aloqa bilan voqealantirishi. Aniqlovchi har bir gap bo’lagiga tobelanib kelishi mumkin.
Sifatlovchi aniqlovchi. Aniqlovchining bu turi ot bilan ifodalangan bo’lakka odatda bitishuv yo’li bilan bog’lanib, otdan anglashilgan predmetning belgi-xususiyatini, sifatini, miqdorini, o’ringa munosabatini bildiradigan aniqlovchining bir turidir. U qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, necha?, nechanchi?, qachongi?, qayerdagi? So’roqlaridan biriga javob bo’ladi. Sifatlovchi bog’lanib kelgan soz sifatlanmish deb ataladi.
Sifatlovchi turli so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
- sifat bilan: Kampir ko’pikli qo’llarini tog’oraga silkib, o’rnidan turdi.
Men o’zimga ham, Yodgorga ham yorug’ kelajak, porloq taqdir yaratishga urinmoqdaman.
2) son bilan: Hali uch to’rt yil o’qishim bor.
Ikki yarim oylik umrni bekorga o’tkazish maslahat emas edi..
3)olmosh bilan: Shu passportni yonizga solib qo’ying.
Demak men juda tinch, hech qanday ortiq tashvishni hayolga olmay o’qishim mumkin.
4)ot bilan: Bugun harbiy akademiyaning meditsina fakultetida professorlardan leksiya tinglab o’tirardi.
Bugun harbiy akademiyaning meditsina fakultetida professorlardan leksiya tinglab o’tirardi.
5) sifatdosh bilan: Otpuskaga ketuvchilar uchun maxsus chaqirilgan kechada o’rtoqlar bilan, muallimlar bilan, bizni tarbiya qilgan komandirlar bilan issiq-issiq quchoqlashdik.
Agar kampirdan tarqalgan bolalari, nabiralari hammasi bir uyga yig’ilsa, o’zimiz ham salkam bir mahalladay oila bo’larkanmiz.
6) ravish bilan:
Shaharga borib so’nggi modadagi beretkani oldim.
Qaratqich aniqlovchi. Bu aniqlovchi ot yoki otlashgan so’z bilan ifodalangan bo’lakka muvofiqlashuv yo’li bilan bog’lanib, o’zi ifodalayotgan shaxs yo predmetga boshqa bir shaxs yoki predmetning qarashli, tegishli ekanini bildiruvchi aniqlovchining bir turidir. U kimning? nimaning? qayerning? So’roqlaridan biriga javob bo’ladi. Qaratuvchi bog’lanib kelgan so’z qaralmish deb yuritiladi.
Qaratuvchi quyidagicha ifodalanadi:
1.Olmosh bilan: O`zimning sevimli polkimni zoriqib-zoriqib sog’inar edim.
Bilmadim, taqdir uning va mening peshonamga nimalar yozgan ekan.
2. Ot bilan: Bugun harbiy akademiyaning meditsina fakultetida professorlardan leksiya tinglab o’tirardi.
Kampirning qilib qo’ygan sho’rvasini ichib, yangi gazetalarni o’qib o’tirdim.
4. Otlashgan son bilan: Har ikkovimizning ko’z qarashimiz yarim sekund ichida dasturxondagi novvot ustida to’qnashib oldi.
Qaratuvchi ikki xil shaklda bo’lishi mumkin: belgili va belgisiz.
Aniqlovchi qaratqich kelishigi affiksini olgan bo’lsa, belgili bo’ladi.
Ko’z yoshlarini dakanasining uchiga artib, chaqaloqning yoniga bordi.
Ko’chaning u boshidan bu boshiga bir necha marta borib keldim.
Aniqlovchi qaratqich kelishigi affiksini olmagan bo’lsa, belgisiz sanaladi.
Juvon yana bir marta machit sahnida qalampirmunchoq hidi burqitib, ro’molchasini yozdi.
Juvon mening bu shubxamni o’z latofati bilan yengmoqchi, bu ikkilanuvchi takabbur kulgilari bilan sexrlamoqchi bo’lar edi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ona tili darslarida aniqlovchini tahlil qilishda ularning gapda tutgan o’rni, so’roqlarga javob bo’lishi yuzasidan to’g’ri tahlilni amalga oshirish lozim. Aniqlovchi sintaktik birlik va ikkinchi darajali gap bo’lagidir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Iskandarova, Sh. M. (1999). O’zbek Tili Leksikasini Mazmuniy Maydon Sifatida O`rganish (Shaxs Mikromaydoni): Filol. Fanlari d-ri… dis. Toshkent. Nurmonov, A. va boshqa. (2015).
Hozirgi O’Zbek Adabiy Tili. Akademik Litsey va KasbHunar Kollejlarining 3-Kurs Talabalari Uchun Darslik. Toshkent: ILM ZIYO. Nurmonov, А. (1988).
Gap Haqidagi Sintaktik Nazariyalar. Toshkent. Qo’chqortoyev, I. (1977).
8-sinf darsligi yangi nashr.Muhammadjon Qodirov, Hamid Ne’matov, Muhabbat Abduraimova, Ra’no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyev (2019)
Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Raupova L.R., Qurbonova M.M, Abuzalova M.Q., Yo‘ldosheva D.N.
G’afur G’ulomning “Yodgor” qissasi.