Normurod Norqobilovning “Changalzor iti” qissasida frazemalar o’rni

Nilufar Saitova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filolgiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.

Ozoda Xalilova ,
Iroda
Toʻraxonova ,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi.

         Annotatsiya: Ushbu maqolada frazemalarning badiiy asarda qo’llanilishi, asarda qanday ma’no anglatgani shuningdek, izohli lug’atda frazemalar qay tarzda berilishi haqida ma’lumot berilgan.

         Kalit so’zlar: Frazema, “Changalzor iti”, sinonimlik, omonimlik, antonimlik.

         KIRISH:

Frazema- ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topgan, ma’noviy jihatdan o’zaro bog’liq so’z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha ko’chma ma’noda qo’llanadigan va bo’linmaydigan, barqaror(turg’un) bog’lanmalarning umumiy nomi.

“O’zbek tilining frazeologik lug’ati” (1992) SH. Rahmatulloyev tomonidan tuzilgan. Sh.Rahmatullayev lug’ati 3000 dan ortiq frazeologik birlik izohini o’z ichiga olgan. Ushbu lug’atni tahrir qilish jarayonida davr mafkurasini ifodalovchi matnlar, zamon nuqtayi nazaridan eskirgan lug’aviy birliklar olib tashlandi.

         Mazkur lug’atga qo’shimcha ravishda 397 ta arxaik ibora, “O’zbek tilining izohli lug’ati” (2006 – 2008), “O’zbek frazeologiyasidan materiallar” (H.Berdiyorov, R.Rasulov, B.Yo’ldoshev; 1976–1983) qo’llanmasi va shevalar asosida to’plangan 1801 ta frazeologik birikma izohi kiritildi.

 Normurod Norqobilovning “Changalzor iti” qissasi misolida frazemalarning ahamiyati, sinonim, omonim va antonimlik qatorini ko’rib chiqamiz.

Orada daydish istagi jo’sh urib, butalar oralab ham qoladi.

“Jo’sh urmoq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “qaynab to’lib-toshmoq”  ma’nosida kelgan. Mazkur gapda ham  “jo’sh urmoq”  iborasi “qaynab to’lib-toshmoq”  ma’nosini bildirib kelgan.

         O’shanday tentishlarning birida chuqurga tushib qolib rosa ta’zirini ham yegan.

“Ta’zirini yemoq “iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida” qilmishiga yarasha jazo olmoq” ma’nosida kelgan bo’lib, ushbu gapda ham “qilmishiga yarasha jazo olmoq”  ma’nosini ifodalagan. Mazkur gapda esa bu ibora “qilmishiga yarasha jazo olmoq” ma’nosini bildirgan. Uning variant “ta’zir yemoq” (kim?, kimdan?), sinonimi esa “adabini yemoq” (kim?) iboralaridir.

         Qoravoyni ko’rib u pinagini buzmadi.

 “Pinagini buzmaslik “iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “o’ziga qaratilgan gap yoki harakatga bila-ko’ra turib e’tibor qilmaslik”, “o’zini go’yo hech narsa sezmagandek tutmoq” ma’nosida kelgan. Mazkur gapda “pinagini buzmoq” iborasi “bila-ko’ra turib e’tibor qilmadi” ma’nosida kelgan. Shuningdek, ushbu ibora “pinak buzmay” iborasi bilan variantdosh hisoblanadi.

Bolasining yangi istak va xohishlarini qanday qondirishni bilmay boshi qotib yurganida, bu masala o’z-o’zidan hal bo’ldi.

“Boshi qotmoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida 1.” uzoq o’ylab ham aniq bir fikrga kela olmaslik” 2. “o’ylayverib gangimoq” ma’nosini bildiradi. Mazkur gapda esa bu ibora ”aniq bir fikrga kela olmaslik” ma’nosida kelgan. Shuningdek, “o’ylayverib gangimoq” iborasi “boshi qotdi”, “boshini qotirmoq”, “boshni qotirmoq”, “miyasi qotdi”, “miyasini qotirmoq” iboralari bilan variantdosh bo’lib, “boshi shishdi”, “miyasi g’ovlab ketdi” iboralari bilan sinonimlik qatorini hosil qiladi.

Tashlangandayam hech bir shovursiz, shovqinsiz ot qo’ydi.

 O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “ot qo’ymoq “ iborasi I.1.” otini tez yugurtirmoq”  2. “Otliq holda bostirib bormoq”, ot qo’ymoq II “ nom bermoq”, “nomlamoq”  ma’nolarida kelgan. Ushbu gapda esa bu ibora “bostirdi, tashlandi” degan ma’noda kelgan. “Ot solmoq” (kim?) iborasi bilan sinonimdir.

Yumronqoziq iniga urib ketgach, beozor toshbaqaga og’iz soldi.

 “Og’iz solmoq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida 1. ”qayliq yoki kuyov qilish niyati borligini aytmoq”, 2. ”g’ayriqonuniy ravishda o’zlashtirishga harakat qilmoq” ma’nolarini bildirib kelgan. Mazkur gapda esa “og’iz solmoq”  iborasi “yeyishga harakat qilmoq”, “yemoq” ma’nolarida kelgan.

         Sichqonning yumshoq va mazali etini totiganidan so’ng, ishtahasi karnay tortib, ko’ringan, shitirlagan narsaga tashlanaverib, keng dashtga chiqqanini sezmay qoldi.

 O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “ishtahasi karnay” iborasi 1.” yeb-ichish istagi juda kuchli” 2. “nimagadir ega bo’lish istagi juda kuchli”  ma’nolarini bildiradi. Mazkur gapda “ishtahasi karnay”  iborasi “yeb-ichish istagi juda kuchli” ma’nosida kelgan.

         Ertasi onasi qorasini ko’rsatmadi.

 “Qorasini ko’rsatmaslik”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “kimningdir ko’ziga hech ko’rinmaslik” ma’nosida kelgan bo’lib, mazkur  gapda “ko’zga ko’rinmadi” ma’nosinini ifodalagan

         U kattakon soqchi yumronqoziqni ko’z ostiga olgandi.

 “Ko’z ostiga olmoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “biror obyektni yoki narsani o’ziniki qilib olishga mo’ljallamoq” tushunchasini ifodalaydi. Mazkur gapda esa bu ibora “mo’ljallamoq” ma’nosida kelgan.

Biroq barcha harakatlari zoye ketdi.

Ushbugapdagi “zoye ketmoq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “behuda”, “befoyda sarflamoq” ma’nosini ifodalaydi. Mazkur  gapda ham “zoye ketmoq” iborasi “befoyda” degan ma’noda kelgan. Ushbu iboraning variant “bekor ketmoq”, “bekor ketkazmoq” (nima?), sinonimi esa “shamolga uchmoq”, “havoga uchmoq” (nima?) iboralaridir.

                Natijada maydonda o’ralashib yurgan yumronqoziqlardan asar ham qolmasdi.

“Asar qolmadi”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “butunlay”, “izsiz yo’qolmoq” ma’nosini ifodalaydi. Mazkur gapda esa “asar qolmadi”  iborasi “butunlay yo’qolmoq” ma’nosida kelgan.

         Mulk egasi sifatida qoni qaynab, o’sha tomonga pisib jo’nadi.

 O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “qoni qaynamoq”  iborasi  “g’azabi kelmoq”, “g’azablanmoq” ma’nosini bildiradi. Shuningdek, mazkur gapda ham qoni qaynamoq iborasi “g’azabi kelmoq” ma’nosini ifodalab kelgan.

         Uning jismida yovvoyi ajdodlarining yovqur qoni shu qadar ko’pirdiki, qahru g’azabdan esi og’ib qolayozdi.

O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “esi og’di”  iborasi 1. “telba bo’lmoq”, “jinni bo’lmoq” ma’nosida kelgan. Sinonimi  “aqldan ozmoq”, “esdan og’moq” (kim?) 2. “Telbalanmoq” ma’nosida bo’lib,  uning varianti “esni og’dirib qo’ymoq” (nima?, kimning?) 3. “Mahliyo bo’lib qolmoq” ma’nosini ifodalab, sinonimi “hushi ketmoq” (kimning?, nimaga?). Mazkur gapda esa “esi og’moq”  iborasi “telba bo’lmoq”, “jinni bo’lmoq” ma’nosini bildirgan.

Qaydam, bu “maxluq” qochmoqni xayoliga ham keltirmadi.

 “Xayoliga keltirmoq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida 1. “o’ylamoq”, “idrok qilmoq”, “fahmlamoq” 2. “Xotirasida tiklanmoq” ma’nosida kelgan. Ushbu gapda esa bu ibora “esiga keltirmoq” ma’nosini ifodalagan.

Olg’a yurishdan naf yo’q, uning qop-qora tusi tez ko’zga tashlanadi.

 O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “ko’zga tashlanmoq” iborasi 1. ” ro’y-rost, aniq ko’rinmoq”, 2.” aniq ajralib, sezilib turmoq”  ma’nolarini ifodalab kelgan. Mazkur gapda esa “ko’zga tashlanmoq “ iborasi “aniq ko’rinmoq” ma’nosida kelgan.

         So’ng es-hushini bir oz yig’ib, pastak butalar panasiga o’tib yotdi.

         “Es-hushini yig’moq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida 1. “parishonlikdan qutulmoq” ma’nosida kelgan bo’lib, uning varianti “es-hushini yig’ishtirmoq”, “esini yig’moq”, “esini yig’ishtirmoq” iborasidir. 2.” O’ylab ish tutadigan bo’lmoq”  ma’nosini ifodalab, variantdoshi “es-hushini yig’ishtirmoq”, “esini yig’moq” iborasidir. Mazkur gapda esa “es-hushini yig’moq”  iborasi “parishonlikdan qutulmoq” ma’nosini bildirgan.

Raqibi naq iblisning o’zi, har bir harakatini ko’zdan qochirmay, hamlaga shay turardi.

O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “ko’zdan qochirmoq”  iborasi  1. “diqqatni susaytirish oqibatida qarab turgan obyektidan chalg’imoq”, 2. “yo’qotib qo’ymoq” ma’nolarini ifodalaydi. Mazkur gapda esa bu ibora “yo’qotib qo’ymoq” ma’nosida kelgan.

         Birgalashib manovi bezbetni boplab adabini berib qo’yishgan bo’lardi.

 “Adabini bermoq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “qilmishiga yarasha jazolamoq” degan ma’noda kelgan. Ushbu gapda esa “adabini bermoq” iborasi  “qilmishiga yarasha jazolamoq” ma’nosini ifodalagan. Shuningdek,  “jazosini bermoq”  (kim?, kimning?) iborasi bilan sinonim hisoblanadi.

U yoniga ko’z qirini tashlab qo’ydi.

 O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “ko’z qirini tashlamoq”  iborasi “tez va sezilar-sezilmas qaramoq” ma’nosini bildirib, “ko’zinig qirini tashlamoq” (kim?, kimga?) uning variantidir. Ushbu gapda ham “ko’z qirini tashlamoq”  iborasi “sezilar-sezilmas qaramoq” ma’nosida kelgan.

U payt poylab turib, to’yqusdan Qoravoyning bo’g’ziga chang soldi.

 “Chang solmoq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida 1. “astoydil tashlanmoq”, 2. “g’ayriqonuniy tarzda o’ziniki qilishga intilmoq” ma’nolarida kelgan. Mazkur gapda bu ibora “astoydil tashlanmoq” ma’nosini ifodalagan. Berilgan iboraning varianti “changal solmoq” (kim?, nimaga?) iborasidir.

U bu hamlaga puxta hozirlik ko’rgan, shu paytgacha bu usul bilan qanchadan-qancha itlarning dodini bermagandi.

 “Dodini bermoq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida 1. “haqqoniy ravishda jazolamoq”, 2. “qirib tashlamoq”, “ko’plab o’ldirmoq”, 3. “mag’lub qilmoq”, “qatorasiga yutmoq”, 4. “oh-voh qilishiga olib kelmoq”  tushunchalarini ifodalagan. Mazkur  gapda bu ibora “mag’lub qilmoq” ma’nosida kelgan.

Fig’on etmoqqa tushgan itni tutmoqqa ko’ngli bo’lmay, tog’ani bu yo’ldan qaytarmoq istadi.

O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “ko’ngli bo’lmadi” iborasi “ko’ngilchanlik tufayli botinolmaslik” ma’nosini bildirib, mazkur parchada ham aynan shu ma’noni ifodalab kelgan. Sinonimi “ko’ngli bo’lmadi” (kimning?, kimni?, nimani?), “ko’zi qiymadi” (kimning?, kimni?, nimani?), variantdoshi esa “ko’ngli bo’lmadi” (kimning?, kimni?), “ko’ngil bo’lmadi” (kimni?, nima qilishga?) iboralari hisoblanadi.

Tumshuq yalab, mushukka ko’z tikib o’tiraverdi.

 “Ko’z tikmoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “tikilib qaramoq” ma’nosini ifodalaydi. Mazkur parchada ham “ko’z tikmoq” iborasi “tikilib qaramoq”  ma’nosini bildirgan.

Badiiy asarda frazeologik birliklarning qahramon nutqida aks etishini ko’rib chiqamiz.

-Durust, — dedi bola. –Shashtingdan tushayapsan. Demak, aqling kirayapti. Ma, ol.

Qahramon nutqida aks etgan “aqli kirmoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida 1. “es-hushli bo’lmoq” ma’nosini ifodalab, uning varianti “esi kirdi”, “aql kirdi”, sinonimi esa “aqlini tanimoq”, “aqli kirib qolmoq” iboralaridir. 2. “Anglamoq”, “tushunmoq” ma’nosini bildirib, uning varianti “esi kirdi”, “es kirdi”  iborasi hisoblanadi. Mazkur parchada aks etgan “aqli kirmoq” iborasi “es-hushli bo’lmoq” ma’nosini bildirgan.

-Yaxshilik yoqmaydigan hayvon ekansan! Agar shunday qilaversang, qaytib qoramniyam ko’rsatmayman. O’lasan keyin ochdan.

Qahramon nutqida aks etgan “qorasini ko’rsatmaslik” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “kimningdir ko’ziga hech ko’rinmaslik” ma’nosini bildiradi. Mazkur gapda  ham “qorasini ko’rsatmaslik” iborasi ham aynan shu ma’noda kelgan.

-Faqat…urmang.

-Nega, gapga kirmasa hech ayash yo’q.

-Battar g’ashig’adi-da.

         Qahramon nutqida aks etgan  “gapga kirmoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “aytganini qilmoq” ma’nosida kelgan. Mazkur parchada ushbu ibora “quloq solmoq” ma’nosini bildirgan.

-Xo’rozni boshiga yetdi-da, Orifboy, — dedi nolakor ohangda. – Vishshiy surt xo’roz edi.

         Yuqoridagi qahramon nutqida aks etgan gapdagi “boshiga yetmoq”  iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida  “yo’q qilmoq”, “halok qilmoq” ma’nosini ifodalaydi. Mazkur parchada esa  bu ibora “halok qilmoq” ma’nosini bildirib kelgan.

Xaridor necha kilo yuk qilarkan, deb turmaydi. Sen esa yemish g’amini yemaysan.

         Ushbu parchadagi “g’am yemoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida 1. “kuyinib qayg’urmoq”, 2. “g’amxo’rlik qilmoq”, 3. “ilgaridan o’ylab, hozirlik qilib qo’ymoq” tushunchalarini ifodalagan. Mazkur parchada esa ushbu ibora “kuyinib qayg’urmaslik”  ma’nosini bildirgan.      

         Tolmas uning aytganini qilaman deb, yangasidan gap eshitadi.

         Mazkur parchada aks etgan “gap eshitmoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “tanbeh”, “koyish so’zlarini tinglashga majbur bo’lmoq” ma’nosini bildiradi. Ushbu gapda esa bu ibora “koyish so’zlarini tinglashga majbur bo’lmoq ” ma’nosida kelgan.

-Egasiz it bevosh bo’ladi. Birovga ziyon yetkazsa, sadoqatli edi deb turmaydi.

Qahramon nutqida aks etgan “ziyon yetkazmoq” iborasi “zararli bo’lib chiqmoq” ma’nosida kelgan bo’lib, varianti “zarar yetkazmoq”, sinonimi esa “futur yetmoq”, “futur yetkazmoq”, “xalal yetdi”, “xalal yetkazmoq”, “zarari tegdi”, “zarar keltirmoq” iboralaridir. Mazkur gapda ham bu ibora “zarar yetkazmoq”  ma’nosini ifodalab kelgan.

-Itni tutishga yordam berishdan bosh tortganingni aytayapman.

         O’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “bosh tortmoq” iborasi “amalga oshirishga rozi bo’lmaslik”, “e’tiroz bildirmoq” ma’nolarini bildiradi. Mazkur parchada aks etgan “bosh tortmoq” iborasi “e’tiroz bildirmoq” ma’nosida kelgan.

         -Jiyanimning ruhi haqqi-hurmati uni hovlida ko’z qorachig’imday asramoqchiman.

         Yuqoridagi qahramon nutqida aks etgan “ko’z qorachig’iday asramoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida  “o’ta darajada avaylab,  g’amxo’rlik ko’rsatmoq”  ma’nosini ifodalaydi. Mazkur parchada aks etgan “ko’z qorachig’iday asramoq” iborasi “o’ta darajada avaylamoq” ma’nosida kelgan.

Birov ilib ketsa, arvohlar oldida baloga qolmaylik deyman-da, jo’rajon.

         Ushbu gapda aks etgan “baloga qolmoq” iborasi o’zbek tili frazeologizmlar lug’atida “javobgarlikka, jazoga duchor bo’lmoq”  ma’nosida bildirgan. Mazkur parchada esa bu ibora “jazoga duchor bo’lmoq”  ma’nosida kelgan.

Xulosa qilib aytganda, frazemalar aslida bir necha so’zlardan tashlik topgan bo’lsa ham yagona bir yaxlit so’zga teng keladi. Ularda jozibadorlik, ta’sirchanlik oddiy so’zlar ifodalaydigan ma’nodan ko’ra kuchliroq ma’no ifodalaydi. Frazamalar emotsional-ekspressivlik, ta’sirchanlik, his-hayajon kabi ma’nolar bilan birga xalqning urf-odatlari, insonlarning his-tuyg’ularini  ham ifodalaydi. Frazeologik birliklar emotsionalligiga va zamonaviyligiga ko’ra farqlanadi. Ularda polisemiya-ko’p ma’nolilik ko’p uchraydi. Barcha so’zlarda mavjud bo’lganidek, frazeologik birliklarda ham sinonimlik va antonimlik mavjud.

         Frazemalar turli xil sharoitlarda xalq orasida paydo bo’lgan va shakllangan. Masalan, xalq turmush tarzidan kelib chiqqan holda milliyligi, orzu-umidlaridan kelib chiqqan holda shakllangan. Bu esa o’zbek tili so’z qatlamini boyishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, so’z ustalari nutqini jozibador va ta’sirchan qilish maqsadida iboralardan foydalanishadi.

     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun (1997-yil

29-avgustda qabul qilingan) Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: “O’zbekiston”, 1997-yil.

  • 2.Rahmatullayev Sh, Mahmudov N, Xolmanova Z, O’razova I, Rixsiyeva K “O’zek tili frazeologik lug’ati” (Toshkent-2022) G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi “Universitet” 2006)
  • A. Nurmanov, A. Sobirov, N. Qosimova Hozirgi o’zbek adabiy tili (Toshkent- 2013)
  • Bakiyeva M. Frazeologizmlarni o’rganish interaktiv usullaridan biri sifatida (Toshkent-2020)
  •  G’. Abdurahmonov, D. Xo’jayeva  Hozirgi o’zbek adabiy tili. (Toshkent- 2003)
  • N. Norqobilov “Changalzor iti” (Toshkent-2000)
Previous post Zamonaviy ta’limda adabiyot o‘qitishning innovatsion metodlari
Next post Ijimoiy tarmoqlar – imkoniyatmi yoki ruhiy tahdid?