Normurod Norqobilovning “Tog’dagi yolg’iz odam“ qissasida sodda gaplarning qo’llanishi

Nodira Nabiyeva,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi òqituvchisi.

Diyora Mamarahimova,
Gòzal Anorova,
Diyora  Abdinazarova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari.

Sodda gaplar — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan? Togʻ tepasida toʻplanayotgan bulutlar tushga borib quyuqlasha boshlaydi. Men sizga mashq chalib beray). Sodda gap bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qarama qarshi qoʻyiladi.

Sodda gapning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.

            Sodda gap yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq Sodda gap bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. Ular kelishyapti); yoyiq Sodda gap bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi

 Sodda gapning tarkibida uyushiq bo‘laklar, undalmalar, kirish va kiritma qurilmalar, ajratilgan bo‘laklar: sifatdosh, ravishdosh o‘ramlar, harakat nomili tizimlar qatnashib, sodda gapni ham shakliy, ham mazmuniy jihatdan murakkablashtiradi. Bunday gaplar murakkablashgan sodda gaplar deyiladi. Prof.G‘.Abdurahmonov tomonidan ilmiy adabiyotlarga olib kirilgan murakkablashgan sodda gaplar atamasi ostida sodda gaplar bilan qo‘shma gaplar oralig‘idagi gaplar ekanligi ta’kidlanadi. Badiiy matnda soda gaplarni tahlil qilishda sodda gaplarni tahlil qilishda sodda gapning turlari: yig’iq va yoyiq sodda gaplar; sodda gapni murakkablashtiruvchi vositalarga ahmiyat beriladi. Quyida Normurod Norqobilovning “Tog’dagi yolg’iz odam” qissasi asosida sodda gaplar tahlilini ko’rib chiqamiz.

Va shuning uchun ham sukutni o’ziga esh bilib, churq etmaslikka urinardi.

Esh bilib — Ravishdosh yordamida murakkablashgan sodda gap turi; Bosh bo’lak: ega-ifodalanmagan; kesim –urinadi-sodda fe’l kesim. sodda  yoyiq gap.

Ammo qorli tovdan berman enmaydigan qoploni nimasi?!

Enmaydigan-Sifatdosh bilan murakkablashgan sodda gap turi; bosh bo’laklar: ega-qoploni- ot so’z turkumi bilan ifodalangan,  kesim — nimasidir, ot kesim. Sodda yoyiq gap.

            Bu olachipor mahluq qachondan beri bu tomonlarga o’ralashadigan bo’lib qoldi ?

O’ralashadigan-Ravishdosh bilan murakkablashgan sodda gap turi.

Bosh bo’laklar: ega-mahluq-otso’z turkumi bilan ifodalangan, kesim-bo’lib qoldi-murakkab fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

 Undan bizni himoya qilaoladigan bironta mard bormi o’zi bu qishloqda !

 Himoya Qilaoladigan- Sifatdosh bilan murakkablashgan sodda gap turi;

Bosh bo’laklar: ega-mard-sifat so’z turkumi bilan ifodalangan, kesim-bormi, modal so’z bilan ifodalangan ot kesim, sodda yoyiq gap.

 Bundan hamma jiddiy tashvishda edi.

 Sodda gap, bosh bo’laklar: ega-hamma-olmosh so’z turkumi bilan ifodalangan, kesim- tashvishda edi-to’liqsiz fe’l bilan ifodalangan fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

Ayniqsa, hamdamqul oqsoqol, go’yo qoplon erta-indin butun suruvini yeb-yutib qo’yadigandek, o’tirgani joy topolmay qolgan edi.

Ayniqsa-kirish so’z, Hamdamqul oqsoqol-undalma, kirish so’z va undalma bilan murakkablashgan sodda gap turi; bosh bo’laklar: ega – qoplon-ot so’z turkumi bilan ifodalangan, kesim-o’tirgani joy topolmay qolgan edi-ibora bilan ifodalangan to’liqsiz fe’lli fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

Bundan oqsoqolning yomon jini qurshadi.

Bosh bo’laklar: ega- ifodalanmagan, kesim-jini qurshamoq-ibora bilan ifodalangan fe’l kesim.  Sodda yoyiq gap.

Omonalini boplab to’zg’itib, changitib so’kib tashlagisi keladi.

To’zg’itib, changitib-ravishdosh bilan murakkablashgan sodda gap turi; bosh bo’laklar: egasi ifodalanmagan gap, kesim-so’kib tashlagisi kelmoq-ko’makchili qurilma bilan murakkablashgan fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

U xuddi so’kishga bahona qidirganday, bir zumga tin oladi.

Bahona qidirganday-ravishdosh bilan murakkablashgan sodda gap turi; bosh bo’laklar: ega-u-olmosh bilan ifodalangan, kesim- tin oladi— ibora bilan ifodalangan murakkab fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

Yigitga boshdan-oyoq sinchikov nazar tashlaydi.

Bosh bo’laklar: ega- ifodalanmagan, kesim-nazar tashlaydi-ibora bilan ifodalangan murakkab fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

U yigitga yanada sinchikovlik bilan razm soladi.

Bosh bo’laklar: ega- u— olmosh bilan ifodalangan, kesim- razm solmoq-ibora bilan ifodalangan murakkab fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

Ha, uning qimtilgan lablari, chimrilgan qoshlari va yana nimasidir enasiniki edi.

Ha— modal so’z, qimtilgan lablari, chimrilgan qoshlari-uyushiq bo’laklar bilan murakkablashgan sodda gap turi; bosh bo’laklar: ega-lablari, qoshlari-ot so’z turkumi bilan ifodalangan, kesim-enasiniki edi-to’liqsiz fe’l bilan ifodalangan murakkab fe’l kesim.

Bu o’xshashlikni dabdurustdan payqab qolgan oqsoqolning ichi dirillab, ko’ksida necha yillardan buyon dimlanib, mog’orlanib yotgan ko’hna alamlari tuyqusdan bosh ko’targanini sezdi.

Dirillab- ravishdosh va dimlanib, mog’orlanib -uyushiq bo’lak bilan murakkablashgan sodda gap turi; bosh bolaklar: ega-alamlari— ot so’z turkumi bilan ifodalangan, kesim-sezdi— sodda fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

Lekin o’lgandan battar bo’lib, necha yillardandirki saragulning yuziga tik qarolmay, undan nari qochib yurdi.

Battar bo’lib-ravishdosh bilan murakkablashgan sodda gap tur; bosh bo’laklar: ega ifodalanmagan, kesim-qochib yurdi-ko’makchili qurilma bilan ifodalangan murakkab fe’l kesim.

Yo iymon-etiqodini nechog’lig’ to’kisligini shu yo’l bilan sinab ko’rmoqni istadimikin?

Bosh bo’laklar: ega- ifodalanmagan, kesim- istadimikin-sodda fe’l kesim.Sodda yoyiq gap.

Yo iymoni azaldan kemtikligini bilib, jazo tariqasida, ovloq yerda saragulga ro’paro’ keldimikan?

Bilib- ravishdosh bilan murakkablashgan sodda gap turi; bosh bo’laklar: ega- ifodalanmagan, kesim- ro’paro’ keldimikan-qo’shma fe’l bilan ifodalangan murakkab fe’l kesim. Sodda yoyiq gap.

Mazkur maqolada o‘zbek tilida sodda gaplarning tuzilishi, turlari va ularning tahlili o‘rganildi. Tadqiqot davomida sodda gaplarning strukturaviy xususiyatlari, ularning tarkibiy qismlari va gapda qanday rol o‘ynashi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Sodda gaplar sintaksisning asosiy bo‘lagi hisoblanib, ularning o‘ziga xosliklari va ahamiyati tadqiqotda yoritildi. Jumladan, sodda gaplarning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan turlari, ularning qanday yasalishi va turli vaziyatlarda qo‘llanishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ushbu maqolada Normurod Norqobilovning “ Tog’dagi yolg’iz odam” qiassasidagi sodda gaplarning  berilishi va ularning turlari tahlil qilinib, asar qahramonlarining nutqi jarayonida sodda gaplarning berilishi va ularning  ahamiyati ko’rib chiqildi.

Masalan, Ayniqsa, Hamdamqul oqsoqol, go’yo qoplon erta-indin butun suruvini yeb-yutib qo’yadigandek, o’tirgani joy topolmay qolgan edi.

Qissada keltirilgan bu gapda ayniqsa- kirish so’z, hamdamqo’l oqsoqol- undalma, kirish so’z va undalma bilan murakkablashgan sodda gap turi; bosh bo’laklar : ega— qoplon – ot so’z turkumi bilan ifodalangan, kesim- o’tirgani joy topolmay qolgan edi- ibora bilan ifodalangan to’liqsiz fe’lli kesim. Sodda yoyiq gap holida keltirilgan. Mazkur maqolada qissadagi shu kabi sodda gaplar tahlil qilinib, o’rganib chiqildi.

Previous post Boshlang‘ich ta’limda milliy tarbiyaning ahamiyati
Next post Badiiy nutqda konstruktiv bo‘laklar ishtiroki