Parviz va Mansur bu ismlarni eshitgan borki ikki doʻstning bir-biriga boʻlgan oqibatini koʻrib, havas bilan boqadi. Bolalikdan birga voyaga yetgan bu sinfdoshlar har qanday sinovga birga bel bogʻlashadi, birgalikda yengishadi. Ikki sinfdoshning orzu niyatlari ham bir biriga bogʻliq edi. Maktabni bitirgach, albatta iqtisod yoʻnalishiga oʻqishga topshiradi va ikkisi birgalikda nufuzli kompaniyalarda birgalikda ish olib borishlarini orzu qilishardi. Lekin, afsuski, baxtga qarshi Parviz oliygohga kira olmadi. Mansurga esa o’qish nasib etdi. Bu yillar ichida Parviz armiyada xizmat oʻtab kelish uchun joʻnab ketdi. Yillar oʻtdi, xizmatdan qaytgach Parviz to’ng’ich farzand boʻlganligi, oilaga ukalariga qarashi kerak boʻlgani sabab, oʻqishga topshira olmay chet elga ishlashga ketishga majbur boʻldi. Ammo bu yerda ham omadi kelmadi, ogʻir va surunkali ish Parvizni tez holdan toʻydirdi va ishga layoqatsiz boʻlib, tez orada arzimagan pul bilan oʻz yurtiga qaytdi.
Oʻz yurting yaxshida, oʻzga yurtda betob boʻlib qolsang holingni hech kim soʻramaydi. Kelganiga ikki hafta boʻlibdiki, hali ham uyidan odam arimaydi. Qoʻni-qoʻshni, qarindosh-urugʻ hamma uni holidan xabar oladi. Onasi Zaynab aya polaponini atrofida girdikapalak boʻladi, oʻgʻziga yoqadigan osh-ovqat tutadi, shunday kunlarning birida doʻsti Mansur uning holidan xabar olgani keldi. Parviz doʻstini bir koʻrishda taniy olmadi, sababi oradan oʻtgan yillar uning qaddini, ruhiyatini qanchalik eggan boʻlsa, doʻstining yuzida savlati koʻrinishida baxt ufurib turgandek edi. Qoʼliga taqib olgan soati, kastyum-shim, galstukda u kelishi bilan xonada qimmat atir hidi burqirab ketgan edi. Mansur oʼzi haqida koʼp gapirmagan boʻlsa ham uning koʻrinishi ishlari besh ekanligidan soʼzlayotgandek edi goʻyo. Doʻstining kelganidan qanchalik xursand boʻlmasin uning oldida oʻzining bir ahvolda turishidan, oʻzidan ijirgandi. Mansur esa oʼsha soddaligi doʻstining hol ahvolini surishtira ketdi. Orada Zaynab ayaga ham gap tashlab qõyardi.
-Xolajon» uylantiraman» deng bahona qilayotganini shunda bilasiz. Parviz deyarli gapirmasdi, dõstining bergan savollariga ham hushlamaygina javob qaytarar edi. Mansur qaytishga choğlandi va dõstining qõliga vizitka tutqazdi
-Ol, tuzalgach men bilan bogʻlan.
-Nima bu
-Mening raqamim men bilan bogʻlansang qolganini keyin gaplashamiz.
Parviz tez orada tuzalib koʻrmagandek boʻlib ketdi. Lekin doʻstiga qoʻngʻiroq qilmadi, aksincha, Mansurning oʻzi Parvizga hol ahvol soʻrash bahonasida bir necha marotaba qõngʻiroq qilib, ishxonasiga bir kelib ketishini qayta-qayta taʼkidladi.
Bir kun Parviz. Mansur aytgan manzilga yetib bordi uni chiroyli kotiba qiz kutib oldi va ofissga, Mansurning xonasiga taklif qildi. Parviz hayratini yashira olmadi. Xona toʻrida kresloga oʻtirgan Mansur do’stini kutib olish uchun peshvoz chiqdi. Parviz esa salom alikni ham qoʻyib, xonang zoʻrku doʻstim, deya xitob qildi. Kotiba qizga ikkita qahva olib kelishini aytib, ikki doʻst uzoq suhbatlashishdi.
Mansur oliy oʻquv yurtida grant yutib chet elda ham tajriba oshirib kelganligi hozirgi kunda katta korporatsiya rahbari ekanligini, yonida ishonchli odamga ehtiyoj sezayotganini aytib Parvizga ish taklif qildi. Parviz nima deb javob berishni bilmay kalovlanib — Eplay olamanmi? deb turgan payt Mansur gapni cho’rt kesdi.
-Kelishdikmi?
-Kelishdik, dedi Parviz ham qoʻl tashlab.
Qizgʻin ishlar davom etardi. Oʻziga bildirilgan ishonchni Parviz ortigʻi bilan oqlashga harakat qilardi. U tinimsiz ishlardi, shartnomalar soni kundan-kunga ortib borar, ishga tirishqoqlik va talabchanlik bilan yondashishi bilan koʻpchilikni hurmatiga sazovor boʻlardi. Tez orada qoʻsha qoʻsha uylar mashinalar oldi.
Bir kun suhbat chogʻida Mansur doʻstiga uylanayotganini aytdi. Doʻstining har qanday yutuqlariga undanda koʻproq quvonadigan Parviz negadir bu xabarni eshitgach koʻnglida gʻashlik uygʻondi. Koʻnglidan oʻtgan birinchi savol shu boʻldi.
-Nega endi doim u birinchi…
Toʻy boshlandi. Doʻstining yonida oppoq libosga burkangan farishta misol qizni koʻrib koʻnglidagi gʻashlik yanada ortdi. Toʻyxonada oʻzidan boshqa hamma baxtlidek koʻrindi koʻziga. U ilgarilari spirtli ichimlikni ta’tib koʻrmagan hatto hididan koʻngli ozar edi. Ayni damda esa unga hamroh boʻlayotgan yagona narsa aynan shu spirtli ichimliklar edi. Xatto ota-onasidan xabar olishga ham bormasdi.
Tongga yaqin eshik taqilladi Zaynab xola bomdod namoziga tayyorgarlik ko’rayotgan edi, erta azondandan kim bo’ldi ekan deya eshikka yaqinlashdi. Hech qanday ovoz yo’q. Eshikni ochmoqchi bo’lganida kimdur suyanib turganini bildi, sekin mo’ralab qarasa, ust-boshi loy bilan belangan Parviz zo’rg’a oyoqda turardi. Farzandini ilgarilari ichganini ko’rmagan Zaynab xola nima qilarini bilmay bir muddat qotib qoldi. Shu payt ichkaridan boshiga do’ppisini ilib chiqyotgan Parvizni otasi ko’rindi. Ikkovlashib farzandini yotog’iga olib kirdi. Zaynab xola ko’zidagi yoshlarini turmush o’rtog’iga ko’satmasdan artib olayotganini ko’rgan otasi, — Yig’lama o’ziga kelsin gaplashib qo’yaman . deya ovutgan bo’ldi.
Parviz shomga yaqin o’ziga keldi. Boshidagi qattiq og’riq tufayli vaziyatni to’liq anglay olmasdi. Onasining yig’i aralash gapirishiyu, otasining nafrat to’la nigohlarini ko’rib sal-pal tushungandek bo’ldi. Onasi tinimsiz do’stini maqtardi. Mansurdan o’rnak olsang bo’lmasmidi? Qaysi kasofatga yo’liqib bu ahvolda yuribsan, qaysi uying kuygur ichirdi, nega ichiradi, bunday noma’qul odatlaring yo’q edi-ku. Mansurni ko’ziga qanday qaraysan, axir u senga ozmuncha yordam qilyaptimi? Pand nasixatlardan toqati toq bo’lgan Parviz, yuz qo’lini yuvib kiyimlarini almashtirdida sekingina ko’zdan g’oyib bo’ldi. U tun yarmigacha shahar ko’chalarida izg’idi. Bosh og’rig’i tarqayvermagach, yo’l chetidagi do’konlardan biriga kirib spirtli ichimlik xarid qildi. Orqadan kimdir? – ziyofat bormi? Deb so’rab qoldi. Tanish ovoz. O’girilib qarasa ofissdagi hamkasbi Zokir Akmalovich turardi.
-Biz uchun har kuni bayram.
-Ha shunday deng, unda qani ketdik bizning kulbayi vayronamizga.
Zokir Akmalovich o’rta yoshli ko’zlari biroz qisiq novcha bo’yli kishi edi, ishxonada o’ziga yarasha obro’si bor, xodimlar uni boshqacha izzat- hurmatda ko’rishar, ayniqsa hisob-kitob ishlarini do’ndirib qo’yardi, bunday o’z ishiga ma’suliyat bilan yondashadigan xodimni topish amri mahol edi. Parviz ishxonada faoliyatini boshlamasidan ilgari, Mansurning o’ng qo’li vazifasida aynan shu kishi faoliyat yuritayotgan edi. Parvizning trishqoqligi, Mansurning do’stini qo’llab- quvvatlashi, uni tez ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Zokir Akmalovich va uning mehnati esa shunchaki unitildi. Parvizning ko’rinishiyoq rahbarlarga monand edi. U kelishgan, o’tkir nigohli quyuq qoshlari xodimlarga savol bilan yuzlanganda men senga savol beraman shuni javobini topa olmaysan degani kabi chimirilib qarab turardi. Uning kamgapligi jiddiy viqor bilan turishlari har qanday kishini ham esankiratib qo’yardi. Hisobot topshirgani kelgan har qanday xodim ham so’zlamoqchi bo’lgan gaplarini ming marotabalab takrorlab ikki og’iz so’zni jo’yali ayta olmay xuddi aybdordek mujmallanardi. Zokir Akmalovich shularni o’ylab ko’p asbiylashardi. Chunki u hayotini ishsiz tasavvur eta olmasdi. Ikki yil avval turmushidan ajragan oilaviy nizolar tufayli ayoli bir farzandi bilan uyidan chiqib ketgan edi. Uning oilasi yo’q shaxsiy hayoti ham borlig’i ham aynan shu ishi edi. U qo’yarda qo’ymay Parvizni uyiga taklif qildi. Ikki ulfat qancha ichdi, nimalar dedi hech birini eslay olmaydi, ertasi kuni bosh og’rig’i bilan uyg’ondi, Zokir unga suv bilan dori tutqazdi. Dorini ichgach, Parviz biroz yengil tortdi va o’zini yana to’shakka tashladi. Shu zaylda bir necha kun o’tdi. Ikki ulfat to’yib bo’kkunicha ichadi ertasiga bosh og’rig’iga Akmal Zokirvich bergan zahri qotil joniga oro kiradi. Dorini ichgach shirin hayollar og’ushida, bepoyon osmonlarda, oppoq libosga burkangan Ifora bilan birga parvoz etadi. Parviz biroz o’ziga kelgach yon atrofga nazar soldi xonada hech kim yo’q, boshi esa qattiq og’riyapti. Dori izlab dorixonaga yo’l oldi, u yerdan o’ziga kerakli dorini xarid qilgach ishxonaga o’tdi. Dori ichganiga bir soatdan oshsa hamki og’riq tarqalay demasdi
Toʻy bahona Mansur bir necha kun ishga chiqmagan edi, bu orada Parvizni sharob va xasad alangasi tinch qoʻymas edi. U ichar va alam bilan bir savolni oʻziga qaytib-qaytib beraverardi.
— Nega? Nega endi u? Nega u birinchi boʻlishi kerak. Oʻqishda, ishda, hattoki uylanishda ham. Men esa uni sadaqasi bilan kun kechiraman.
Yangi kuyov baxtdan sarmast ishxonaga tashrif buyurdi. Salom alikdan soʻng Mansur hazilomuz gap qotdi.
-Xoʻsh Dilnuraning dugonalari qalay ekan birortasini koʻz ostiga olgandirsan?
Parviz miyigʻida kulib qoʻydi. Dugonasini boshimga uramanmi menga Dilnurani oʻzi kerak. Koʻnglidan oʻtkazdi.
Parviz bir necha oy Zokir Akmalvichning uyida yashadi. O’tgan vaqt orasida Parviz doriga qoniqmay ukolga ham o’tdi. Zahri qotilni esa “mehribon” ulfati Zokir jaraq-jaraq pullari evaziga yetkazib turardi Toʻydan keyin doʻstini uyiga ish yoki boshqa bahonalar bilan Parviz tez-tez borib turardi. Dilnura ham turmush oʻrtogʻining doʻsti bilan tortinmay soʻzlashardi.
Toʻydan keyin Dilnura yanayam goʻzallashgandek koʻrinardi Parvizning koʻziga shunday kunlarning birida ish bahona Mansurning xonadoniga kelgan Parviz eshik oldida Dilnurani qoqilib tushganida uni tutib qolmoqchi boʻlib belidan tutdi va koʻzlariga tikilib qoldi. Beixtiyor Dilnuraning hayajondan pirpirab turgan uzun-uzun kipriklariga lablarini bosdi, bu voqealar shunchalik tez boʻlib oʻtdiki, ikkisi ham oʻzini idora eta olmay qoldi oʻngʻaysizlanib Parviz eshik ogʻzidan shartta burilib qaytib ketdi. Shu voqealar sabab boʻldi-yu, Parviz Dilnuradan uzoqroq yurishga qaror qildi Mansur Parvizning ishga boʻlgan munosabati soviganini doʻstining ichkilikka ruju qoʻyganini hatto bir necha marotaba qoʻlida koʻkarib qolgan ukol izlariga ham koʻzi tushganida doʻstining anchagina yoʻldan ogʻganini sezgandek boʻldi, lekin Parvizning oʻziga bu haqida lom-mim demadi.
Parviz esa yana ham koʻproq ichar, ichgan sari Dilnurani yanada koʻproq eslardi. Aslida esa Dilnura va Parviz qanchalik bir-biridan uzoqlashmasin ular borgan sari bir-biriga qalban yaqin boʻlib borardi. Vaqt oʻtgan sari ikkisi tez tez uchrashib gaplashib turadigan odat chiqardi. Parviz shirakayf holatda hayotidagi bo’layotgan barcha ko’ngilsizliklarda Mansur aybdordek ko’rinar edi.
Dilnura bir kun Parvizga qoʻngʻiroq qilib, bu ahvolda yashay olmasligini, turmush oʻrtogʻiga koʻngli yoʻqligini aytib, yigʻladi. Uchrashdilar. Dilnurani bagʻriga bosib bir chora topishini aytib xayrlashdilar.
Parviz Dilnurani olib uzoq-uzoqlarga qochib ketgisi kelar, ammo baxtga qarshi ishidan ayrilsa Mansur bergan imkoniyatlar boʻlmasa… ichkilik va og’u u bilan ulfat bo’libdiki Mansur Parvizga ro’yxushlik bermaydi, hali zamon sheriklikka nuqta qo’ysa bormi bor budidan ayriladi. Bu oʻylarning oxiri koʻrinmas edi va oxirgi chorani topdi. Topdi-yu oʻzi ham dahshatga tushdi.
Dilnura bilan uchrashib yotigʻi bilan tushuntirdi.
Dilnura qoʻllarini ogʻziga bosib hoʻngrab yigʻlab yubordi.
-Oʻldirasizmi?
-Ha boshqa iloji yoʻq.
Bir reja tuzdim. Men borib bugunoq ishdan boʻshayman va chet elga ketmoqchiligimni Mansurga aytaman, shunda oʻldirsam ham hech kim mendan shubhalanmaydi. Mansurni oʻldirsak uning boyligi senga ya’ni bevasiga meros qoladi. Bugunoq borib oʻz ulushimni ham Mansurning nomiga rasmiylashtiramiz shunda hech kim shubhaga bormaydi. Mana bu dorini ol Mansurga ichirasan.
-Zaharmi?
-Yoʻq uyqu dorisi buni ichgach qotib uxlaydi va biz uni mashinasiga oʻtkazib jardan uloqtiramiz, yarim tunda, shunda hamma uni mashina boshqarayotganda uxlab qolgan deb oʻylaydi.
Dilnura koʻzlari jiqqa yoshga toʻlib Parviz bilan xayrlashdi Parviz oʻzining qora niyatli qogʻozbozlik ishlarini tugatib, doʻstiga ofissda bir enlik xat ham qoldirdi.
Kech bo’lgach, mashinasini ancha uzoqqa qoldirib, Mansurning uyiga keldi.
Dilnura uyqu dori ta’sirida bexush yotgan turmush oʻrtogʻini Parviz bilan sudrab olib chiqib, Mansurning mashinasini orqa orindigʻiga oʻtirgʻizdi, old oʻrindigʻiga esa oʻzlari oʻtirib mashinani haydab ketishdi.
Ular shahardan ancha olislab togʻga yetib qolishgandi Dilnura esa tinimsiz yigʻlardi. Jarlikka yetib kelgach, ikkisi mashinadan tushib Mansurni rulga oʻtqazib, mashina bilan uloqtirishlari kerak edi. Shu payt Parvizning boshiga qattiq zarba kelib urdi. U hech narsani anglay olmasdi. Mansur behush holda yotgan Parvizni rulga oʻtirgʻizib mashinani jarlikdan uloqtirdilar.
-Bopladimmi?, — deya ayolini quchogʻiga tortdi.
-Bu pullar bir bangi uchun koʻplik qiladi, -dedi Dilnura. Parviz oʻz rejasining qurboniga aylandi. Baxtga qarshi oʻzi yozgan bir enlik xat tufayli uni hech kim izlamaydi. Afsus.
304-guruh talabasi:
Shahzoda Pardayeva