Sudlanuvchi M.M.Usmanov joriy yilning 24 iyun kuni soat taxminan 09:00 larda onasi Usmanova Anvar Nurullaevnadan spirtli ichimlik olish uchun pul so‘ragan vaqtida, onasi A.Usmanova puli yo‘qligini aytganligi sababli, M.Usmanov yashash uyida bo‘lgan televizorni sotib, spirtli ichimlik olishini aytib olib chiqmoqchi bo‘lganida, A.Usmonova tuman IIB profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li M.Usmonov uyidagi ashyolarni spirtli ichimlik sotib olish uchun olib ketayotganligi bois, unga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Marxuma A.Usmonovaning murojaatiga asosan tuman IIB profilaktika inspektori K.Abdullaev uning yashash xonadoniga borgan vaqtida M.Usmonov mast holatda bo‘lganligi sababli, uni soat taxminan 11:00 larda Denov tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli narkologiya bo‘limiga olib borib joylashtirgan.
Shundan so‘ng, fuqaro M.Usmonov mastlik holati tarqagach taxminan soat 14:10 larda nakologiya bo‘limidan chiqib, Denov tumanidagi eski dehqon bozori atrofida joylashgan, o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan spirtli ichimliklar do‘konidan yana spirtli ichimlik ist’emol qilib, soat taxminan 15:30 larda yashash xonadoniga qaytib kelib, uy ichida onasi bilan uning ustidan IIBga shikoyat qilganligi masalasida o‘zaro tortishib, dastlab onasi A.Usmanovaga qo‘llari bilan urib tan jaroxati yetkazib, uni o‘ldirish maqsadida o‘zining xonasida bo‘lgan xo‘jalik boltasini olayotgan vaqtida, A.N.Usmonova yashash xonadonidan birinchi qavatga qochib chiqqanligini ko‘rib, uning ortidan quvib borib, o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning kirish eshigi yonida, onasi A.N.Usmonovani ushlab olib, uning keksaligini va o‘zini himoya qilishga hamda faol qarshilik ko‘rsatishga qodir emasligini anglab, qo‘lida bo‘lgan bolta bilan A.N.Usmonovani nabirasi voyaga yetmagan A.U.Toshboevning ko‘z o‘ngida, o‘z harakatlari bilan unga kuchli iztirob berayotganligini anglab, onasi A.Usmanovaning bosh, bo‘yin, kurak va tanasining boshqa sohalariga bir necha marta urib, A.N.Usmonovani qasddan o‘ldirgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhuma A.N.Usmanovaning o‘limiga bosh miyaning ochiq jarohati, kurak pastki burchagi o‘ngdan chopilgan yarasi, boshini tepa orqa chap tomonida chopilgan yarasi ushbu tan jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” bo‘lgan tan jarohatlari ekanligi ko‘rsatilgan.
Sudlanuvchi U.Muzaffar Maxmudovich (M.M.Usmanov) O‘zbekiston Respublikasi JK 97-moddasi 2-qismining “v,j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va 18 (o‘n sakkiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
JIB Denov tuman sudi raisi S.B.Bo‘taev