Denov shahar “Bahoriston” mahallasida joylashgan eski dehqon bozorida B.Isroilov va Sh.Qurbonovlar o‘rtasida qonunga xilof ravishda valyuta ayriboshlashi bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida 2025-yil 9-aprel kuni ko‘rilib B.Isroilov 2025 yil 18 mart kuni Sh.Qurbonovdan 7 000 (etti ming) Rossiya rublini 1 050 000 (bir million ellik ming) so‘mga qonunga xilof ravishda olgan hamda Sh.Qurbonov 7 000 (etti ming) Rossiya rublini 1 050 000 (bir million ellik ming) so‘mga hisoblab qonunga xilof ravishda B.Isroilovga o‘tkazganligi

Huquqbuzarlarning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi sud majlisidagi ko‘rsatuvlar, ish bo‘yicha tuzilgan bayonnoma, tushuntirish xatlari, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror hamda ishda to‘plangan boshqa ob’ektiv dalillar yig‘indisi bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.

Sud majlisida huquqbuzarlar aybiga iqror bo‘lib ,qilmishidan chin dildan pushaymonligini bayon qilib, suddan unga yengillik berishni so‘radi, IIB xodimlari tomonidan pullarni ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan

Sud yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, surishtiruv organi tomonidan huquqbuzarlarning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 170-moddasi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb hisoblaydi.

Sud, huquqbuzar Sh.Qurbonovga jazo tayinlashda uning aybiga iqrorligini, sodir  etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, uni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida, unga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 170-moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlashni lozim topdi va unga 3 (uch) sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinladi va ish bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida undan olingan 7 000 (etti ming) Rossiya rubli davlat daromadiga musodara qilindi

Sud, huquqbuzar B.Isroilovga jazo tayinlashda uning aybiga iqrorligini, sodir  etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, uni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida, unga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 170-moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarima jazosi tayinlashni lozim topdi va unga shu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining 15 (o‘n besh) baravari miqdorida, ya’ni 5 625 000 (besh million olti yuz yigirma besh ming) so‘m jarima jazosi soldi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki xech qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat jazosiz qolmaydi.

            JIB Denov tuman sudi

            tergov sudyasi                                                                            F.A.Nazarov

Previous post KORRUPSIYATARAQQIYOT KUSHANDASI
Next post

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *