Sudlanuvchi J.Bo‘ronov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 2024-yil 26-sentyabr kuni soat 00:30 larda Denov tumani, “Chilonzor”(o‘zgartirilgan) mahallasidagi yashash xonadonida onasi G. Ra’no (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) bilan o‘tirgan vaqtda, shu mahallada yashovchi o‘gay akasi B.Allayev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) mast holatda uyiga kelib, onasi va o‘zini turli qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilganligi, shuningdek, onasiga “Sen buzuqsan, 8 ta bolasi bor odamga turmushga chiqqansan” degan so‘zlarini aytganidan jahli chiqib, u bilan o‘zaro janjallashib, janjal davomida soat 02:30larda yashash xonadoni hovlisiga chiqib, hovlida turgan temir dastali boltani olib, onasi G.Ra’no va o‘gay akasi janjallashib turgan xonaga kirib, o‘gay akasining qo‘li, boshi, yuzi va tanasining turli sohalariga o‘ta shafqatsizik bilan, uning alkogol ichimligi ta’sirida og‘ir darajada mastligi sababli jismoniy holatiga ko‘ra o‘zini himoya qilaolmaydigan darajada ojiz ahvoldaligini ongli ravishda anglagan holda, qo‘lidagi temir dastali boltaning chopuvchi va orqa qismi bilan necha marta urib tan jarohati yetkazganligi sababli, B.Allayev olgan og‘ir tan jarohatlari natijasida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Sud tibbiyot ekspertizaisning xulosasida marxum B.Allayevning o‘limiga bosh miyaning ochiq jarohati, bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohatlari sababchi bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi tomonidan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, J.Bo‘ronovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “v, j” bandlari bilan 15 (o‘n besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

S.BO‘TAYEV,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi raisi.

Previous post
Next post E’lon

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *