Fuqaro F.Holov (ism-sharifi o‘zgartilgan) o‘ziga tegishli bo‘lgan “Samsung Galaxy 12” rusumli, uyali telefon apparati tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda uning uyali telefonidan ijtimoiy tarmoqda taqiqlangan diniy video va foto materiallar saqlab kelganligi aniqlangan. Shu sababli, unga nisbatan MJtKning 1843-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi.
F.Holov mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi sud majlisidagi ko‘rsatuvi, ish bo‘yicha tuzilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, tushuntirish xatlari, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror hamda ishda to‘plangan boshqa ob’yektiv dalillar yig‘indisi bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.
Sud, huquqbuzarga jazo tayinlashda uning aybiga iqrorligini, sodir etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, uni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1843-moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlashni lozim deb topadi.
Shu bilan birgalikda sud, ish bo‘yicha ashyoviy dalil tariqasida olingan 1 dona “Samsung Galaxy 12” rusumli uyali telefon apparatini davlat daromadiga undirildi.
F.Holov – O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1843-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib va unga shu modda bilan 10 (o‘n) sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlandi.
Ish bo‘yicha ashyoviy dalil tariqasida olingan 1 dona “Samsung Galaxy 12” rusumli uyali telefon apparati davlat daromadiga musodara qilindi.
F.NAZAROV,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi tergov sud’yasi.