Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida

Meros huquqiga oid qonunchilikning sudlar tomonidan to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 2011 yil 20 iyulda 05-son  qarori qabul qilingan.   

        Plenum qaroriga ko‘ra, Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida sudlarga quydagicha rahbarlik ko‘rsatmasi berilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 257-I sonli Qaroriga muvofiq, Fuqarolik kodeksi 1112-1157-moddalari qoidalari Kodeks amalga kiritilgunga qadar ochilgan bo‘lib, biroq 1997 yilning 1 martiga qadar vorislardan hech biri tomonidan qabul qilib olinmagan va meros huquqi bo‘yicha davlat yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tkazilmagan merosga nisbatan ham tatbiq etiladi. 

Meros 1997 yilning 1 martiga qadar vorislardan biri tomonidan qabul qilib olingan yoki davlatning yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tkazilgan hollarda kelib chiqqan nizolar 1963 yilgi Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiq hal etiladi. 

  Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga muvofiq meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan ko‘char va ko‘chmas mulk, ashyolar, shu jumladan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha mulkiy huquq va majburiyatlar, chunonchi, xususiy mulk huquqi, kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga bo‘lgan huquq, dehqon xo‘jaligi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi), yer uchastkasini ijaraga olish huquqi (“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi) va hakozolar   kiradi. 

Qonunga ko‘ra   meros tarkibiga meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan  yani  yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo‘lmasa, hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi,aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar,mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi,mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar va majburiyatlar kirmaydi   

  Meros tarkibiga faqat meros qoldiruvchiga qonuniy asoslarda tegishli bo‘lgan mulk kirishi tufayli, o‘zboshimchalik bilan qurilgan yoki tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan imoratlar meros tarkibiga faqat marhumning mazkur imoratlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda e’tirof etilgan holda kiritiladi. 

Meros qoldiruvchi tomonidan tuzilgan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va shu kabi bitimlar uning o‘limidan so‘ng haqiqiy emas deb topilganda, qaytarilgan mulk ham meros tarkibiga kiritiladi. 

Birgalikdagi umumiy mulk ishtirokchisi vafot etgan taqdirda meros uning hissasiga to‘g‘ri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan, mol-mulkni natura holida bo‘lishning iloji bo‘lmaganda esa, bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi. 

Panjiev Sulaymon Abdunazarovich  
Fuqarolik ishlari bo‘yicha  Denov tumanlaro sudining sudyasi  

Previous post Синфдошлар ўртасидаги тортишув оқибати жиноятга сабаб бўлди
Next post Терговга қадар текширув судга қадар иш юритишнинг мухим босқичи

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *