Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
📌 Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 24-“Anbarsoy” saylov okrugidan saylangan deputati Saidov Shohjahon Abdug‘aniyevich hududidagi 28-son oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi. “O‘zgarish” mahallasida joylashgan mazkur muassasaga tashrifda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Denov tumani Kengashi raisi S. Qodirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari B. Tangirov va D. Gulboyeva ishtirok etdi. 🩺 Batafsil
Denovda “Salomatlik marafoni” doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi
“Salomatlik marafoni” doirasida Denov tumani tibbiyot birlashmasining Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘rik davomida malakali shifokorlar tomonidan fuqarolarning salomatligi tekshirilib, zarur tibbiy tavsiya va maslahatlar berildi.