Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 24-“Anbarsoy” saylov okrugidan saylangan deputati Saidov Shohjahon Abdug‘aniyevich hududidagi 28-son oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi. “O‘zgarish” mahallasida joylashgan mazkur muassasaga tashrifda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Denov tumani Kengashi raisi S. Qodirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari B. Tangirov va D. Gulboyeva ishtirok etdi.

🩺 Tashrif davomida tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning dori vositalari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

🔎 Shuningdek, xodimlarning mehnat sharoitlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari va muassasa faoliyatidagi mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.

🤝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Previous post Denovda “Salomatlik marafoni” doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Next post “Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi