Ona tilimiz – milliy o‘zligimiz ko‘zgusi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.O’zbek tili va adabiyot kafedrasi o’qtuvchisi. Xidirov Rajabali.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutu.Filologiya fakulteti.3- bosqich talabalari Payziyeva Yulduz

Usmonova Dilnoza.

      Har bir xalqning borligi, ma’naviy qiyofasi va milliy o‘zligini namoyon etadigan eng muhim qadriyat bu uning ona tilidir. Til – millatning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va dunyoqarashini avloddan avlodga yetkazib beruvchi bebaho boylikdir. Shuning uchun ham ona tiliga e’tibor va hurmat millatga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir. Ona tili insonning qalbiga eng yaqin, eng aziz ne’mat hisoblanadi. Inson dunyoni avvalo ona tili orqali anglaydi, fikrlaydi va o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etadi. Til nafaqat muloqot vositasi, balki xalqning ma’naviy xazinasi hamdir. Unda ajdodlarimizning donishmandligi, hayotiy tajribasi va orzu-intilishlari mujassam. Bugungi globallashuv davrida ona tilimizning sofligini saqlash, uning nufuzini oshirish har birimizning muhim vazifamizdir. Ayniqsa, yoshlar o‘z nutqida adabiy til me’yorlariga rioya qilishi, xorijiy so‘zlarni o‘rinsiz qo‘llashdan saqlanishi lozim. Chunki tilga bo‘lgan e’tibor milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibor bilan chambarchas bog‘liq.

      O‘zbek tili bugungi kunda davlat tili sifatida jamiyat hayotining barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Tilimizning rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ilmiy va badiiy adabiyotlarning nashr etilishi, ta’lim tizimida ona tiliga qaratilayotgan e’tibor buning yaqqol dalilidir.

     Xulosa qilib aytganda, ona tilimiz milliy o‘zligimizning ko‘zgusi, ma’naviy boyligimizning asosi hisoblanadi. Uni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har bir fuqaroning sharafli burchidir. Zero, til yashasa – millat yashaydi, til ravnaq topsa – xalqning kelajagi ham porloq bo‘ladi.

Previous post  Kelajak kasblari va zamonaviy ta’lim.
Next post Til madaniyati – shaxs madaniyatining mezonimi?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *