DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TOMONIDAN “QABUL–2026” TARG‘IBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tomonidan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida “Qabul–2026” targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari doirasida institut professor-o‘qituvchilari hamda mas’ul xodimlari maktab bitiruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga institutda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv jarayoni, ilmiy va innovatsion faoliyat, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda qabul tartiblari haqida batafsil ma’lumot bermoqdalar.

Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarning kasb tanlash, oliy ta’lim muassasasiga kirish, grant va kontrakt asosida tahsil olish imkoniyatlari, xorijiy hamkorlik dasturlari hamda talabalar turar joylari bilan bog‘liq savollariga atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, institutning erishgan yutuqlari, xalqaro hamkorlik aloqalari va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi muvaffaqiyatlari haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi yoshlarni oliy ta’lim olishga keng jalb etish, ularning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tomonidan “Qabul–2026” doirasidagi targ‘ibot ishlari viloyatning barcha hududlarida davom ettirilmoqda. Mazkur uchrashuvlar yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy va raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi o‘qituvchilari:
M. Sobirjonova, Sh. Turdaliyeva

Previous post Yoshlar va ta’lim: taraqqiyotning asosiy omili.
Next post  Ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotiga ta’siri.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *