Xorijiy tilni qanday tez o‘rgansa bo‘ladi?

Kishilar til o‘rganishni eng qiyin ishlardan biri sifatida takidlashadi. Aslida ham shundaymi? Buni qanday oson qilish mumkin ? Aslida xar bir narsani o‘rganish uchjun kishida shaxsiy qiziqish bo‘lishi zarur. Kimdir sizni undagani odadtda uncha naf bermaydi agarki sizda ichki qiziqish bo‘lmasa,ammo faqat qiziqishning o‘zigini biron tilni muayyan vaqtda osonlikcha o‘rganib olishga kamlik qiladi. Avvalo, xorijiy tilni tez o‘rganish uchun eng samarali yo‘l — aniq maqsad qo‘yish, har kuni muntazam shug‘ullanish va tilni kundalik hayotga imkon qadar ko‘proq kiritishdir.

Bizga hozirgi kunda tilni tez va samarali o‘rganish uchun  quyidagilar yordam beradi:-

1.Aniq maqsad qo‘ying: masalan, “2 hafta ichida restoran mavzusidagi 40–60 ta so‘zni o‘rganaman” kabi o‘lchanadigan maqsadlar tezroq natija beradi.

2.Har kuni takrorlang: tilni doimiy takrorlashsiz o‘rganish qiyin, shuning uchun qisqa bo‘lsa ham har kuni mashq qiling.

3.Til bilan o‘rab oling: kitob, maqola, video, qo‘shiq, podkast va ijtimoiy tarmoqlar orqali tilga tez-tez duch kelish, yani butun kningizni til bilan bog‘lab oling bunday hayot tarziga o‘tish sizga xorijiy tilni o‘rganishni tezlashtiradi

4.Suhbat qiling: tilni amalda ishlatish, ayniqsa gapirish, eslab qolish va ravonlikni oshiradi, lekin bunday imkoniyat hozir hamada ham imkonsiz bo‘lib ko‘rinadi negaki ayni siz o‘rganyotgan tilda so‘zlashuvchi kishi atrofingizda katta extimol bilan bo‘lmasligi mumkin. Bunda sizga internet va ijtimoiy tarmoqlar yordamga keladi. U orqali siz istagan tilingizda shu millat vakili bilan og‘zaki yoki yozma muloqat qilishinigiz mumkin bo‘ladi.

5.Qiziqarli usullarni tanlang: filmlar, musiqa, audiokitoblar, podkastlar va o‘yinlar til o‘rganishni zerikarli emas, barqaror qiladi. Bunda siz xobbingizdan kelib chiqib ham usullarni tanlashingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar siz futbol ishqibozi bo‘lsangiz futbol o‘yinlarini siz o‘rganayotgan tilde tinglang foydali va samarali  usul hisoblanadi.

6.So‘z boyligini kontekstda o‘rganing(aksar kishilar bunda to‘g‘ridan tog‘ri yodlashdan foydalanishadi) yangi so‘zlarni alohida yodlashdan ko‘ra, gap ichida va kerakli mavzular bilan birga o‘rganish samaraliroq bo‘ladi.

7.O‘zingizga qulay jadval tuzing: vaqt emas, natija muhim — qancha vaqt o‘tirganingizdan ko‘ra, nima o‘rganganingizga e’tibor qarating.

Agar xohlasangiz, siz buni oiladagi bironta yaqiningiz bilan maslaxatlashgan holatda qilsangiz xuddi u sizni nazoratga olgandek xis etasiz bu esa  til o‘rganishga bo‘lgan ma’suliyatni oshiradi. Bundan ham faqat siz yutasiz.

O‘ylashimcha yuqoridagi usullardan foydalanib til o‘rgansangiz qolganlardan ko‘ra tezroq maqsadga erishasiz.

Bundan tashqari kishilar tilni quyidagi sabablar bilan ham o‘rganishadi:

Til o‘rganish ko‘p hollarda yangi imkoniyatlar, yaxshi ish yoki o‘qish, sayohat va internetdagi resurslardan foydalana olish uchun kerak bo‘ladi.Agar sizda aniq maqsad bo‘lsa, til o‘rganish ancha foydali va samarali bo‘ladi; maqsadsiz o‘rganish esa vaqt va kuchni isrof qilishi mumkin.

1.Ish va o‘qish xorijda ta’lim olish yoki yuqori maoshli ishga kirish uchun foydali.

2.Sayohat va muloqot: boshqa mamlakatlarda odamlar bilan bemalol gaplashishga yordam beradi.

3.Bilim va resurslar internetdagi inglizcha materiallar, kitoblar va boshqa manbalardan foydalanish imkonini beradi.

4.Shaxsiy rivojlanish: til bilan muntazam shug‘ullanish intizom va doimiy o‘sishni kuchaytiradi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar” kafedrasi o’qituvchisi

Yuldoshev Samad Tojiyevich

Previous post  Yoshlar va kitobxonlik madaniyati.
Next post Yoshlar va ta’lim: taraqqiyotning asosiy omili.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *