O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Gabala xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari ertaga, 7-oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi.

https://president.uz/oz/lists/view/8547

Previous post TIL — AJDODLAR XOTIRASI, KELAJAK KALITI
Next post Sun’iy intellekt sohasining infratuzilmasi va kadrlar salohiyati rivojlantiriladi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *