Adabiyot darslarini tashkil etishda interfoal usullar

Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Koʻp yillar davomida an’anaviy dars oʻtish ta’limning asosiy shakllaridan biri boʻlib keldi. An’anaviy darsda oʻqituvchi faol, oʻquvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa oʻquvchining mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda

bunday darslar yaxshi samara bermaydi. Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish, oʻquvchilarning qiziqishini orttirib, ularning oʻquv jarayonidagi faolligini ta’minlashni taqozo etadi. Metod (yun. “metodos” — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Ya’ni biz fanni metodlar orqali oʻtadigan boʻlsak, bu quyidagi imkoniyatlarni beradi:

 Vaqt tejaladi;

Mavzu mustahkamlanadi;

Mavzu amaliyotda qoʻllaniladi;

Oʻquvchining zerikib qolishiga yoʻl qoʻymaydi;

Darsning yaxshi oʻtishida oʻqituvchiga yaqindan koʻmak beradi. Bu kabi imkoniyatlar metodlarning naqadar dars uchun zarur ekanligini koʻrsatib beradi, metodlarning xilma-xilligi bu oʻqituvching mahoratidan darak beradi. Biz hozir adabiyot darsi uchun qulay boʻlgan ayrim metodlar bilan oʻrtoqlashamiz.

                                                     Tadqiqot metodi:

Ushbu metod о‘quv jarayonida bir muncha qiyin bo‘lgan nazariy yoʻnalishdagi masalalar ko‘tarilishini nazarda tutadi. Bu metodda bilim olishning nisbatan yuqori bosqichida ta’limning samarali izlanish usullarini mustaqil ravishda qo‘llash talab qilinadi. Bunda oʻquvchilar dalil toʻplash va ulami nazariy tahlil qilish, tizimga solish, umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarish kabi; amaliy ishlarini bajaradilar. Tadqiqot metodining Evristik metoddan farqi shundaki, “kashfiyot” avvaldan ajratilgan materiallar tahlil qilinib, faktik materiallar umumlashtirilganidan so‘ng, amaliy ish jarayonida sodir bo‘ladi. Bunda o‘quv-biluv faoliyatining toʻliq turkumini oʻquvchilaro‘qituvchi rahbarligida oʻzlari bajaradilar. Ya’ni ma’lumot to‘plashdan tortib, uni tahlil qilish va yangi bilimlami amaliyotda qo‘llashgacha bo‘lgan ishlarning barchasini o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O‘quvchilar tomonickin faktik material to‘plash tadqiqot metodining zaruriy qismidir. Mustaqil ravishda tajribalar o‘tkazish o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Oʻqituvchi o‘quvchilar ixtiyoriga dalillami topish, ulami taqqoslash, tizimga solish, umumlashtirishni topshirgani bilan uning muammolik darajasi kamaymaydi. Tadqiqot metodini qo‘llashda topshiriqlarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishi muhim hisoblanadi. Topshiriqlarni bajarishda ulaming biror bosqichi tushib qolsa, topshiriq o‘z tadqiqiyligini yo‘qotadi.

(“6x6x6” metodi Adabiy ta’lim jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan metodlarning yana biri “6x6x6” metodidir. Adabiy asarlar tahlili jarayonida mazkur metoddan foydalanishda adabiyot o‘qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyrakhk, guruhlarni oqilona shakllantira bilish talab qilinadi. Bu metodda sinfdagi о‘quvchilar oltita-oltitadan olti guruhga boʻlinadi. Jami 36 о‘quvchi ishtirok etadi. Oʻqituvchi istasa guruhlarga muayyan nomlar berishi ham mumkin. Dars mavzusi e’lon qilinib, ma’lum vaqt belgilanadi. О‘quvchilar mavzu atrofida bahslashadilar, o‘z munosabatlarini bildiradilar. Mavzu bo‘yicha belgilangan vaqt yakunlangach, o‘qituvchi guruhlaming a’zolarini almashtiradi. Yangi gurulida avvalgi guruhdan bitta vakil qoladi va u o‘z guruhining mavzu yuzasidan chiqargan xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. Yangi guruh a’zolari avvalgi guruhning fikr va xulosalarini o‘rganadilar, unga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Shu tariqa qisqa vaqt oralig‘ida oʻquvchilar tomonidan ham mavzu yuzasidan fikr bildiriladi, ham bu fikrlar ularning o‘zlari tomonidan tahlil qilinadi. Sinfdagi oʻquvchilardan kichik guruhlar tashkil etishda quyidagilarga amal qilinadi: 1. Guruhlar o‘qituvchi tomonidan belgilanadi.

2. Guruhga rahbarlik qila oladigan o‘quvchi va guruh a’zolari oldindan aniq belgilab olmadi.

3. Har bir guruhga zehnli va qobiliyatli hamda bo‘shroq o‘zlashtiradigan о‘quvchilar, imkon qadar, teng taqsimlashga harkat qilinadi. Guruhlar bir-biriga munosib a’zolar bilan to‘ldiriladi va vazifalari belgilanadi.

4. Guruh rahbari va a’zolariga vazifalari tushuntiriladi.

5. Har bir guruh doira shaklida o‘tirishi, guruhning har bir a’zosi bir-birini ko‘rib turishi shart.

6. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g‘oyalariga e’tibor berib boriladi. Yaxshi g‘oya egalari rag‘batlantiriladi

(Fikriy hujum “Fikriy hujum” metodining maqsadi o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirish, ularni erkin, mustaqil mulohaza yuritishga undash, hammani bir xil qolipda fikrlashdan qutqarish, ma’lum mavzu yuzasidan har xil fikrlami to‘plash va masalaga ijodiy yondashuvni ta’minlashclan iborat. Bu metoddan foydalanilganda favqulodda, kutilmagan savol yoki topshiriqlar bilan о’quvchilar loqaydlikdan, muvozanatdan chiqariladi va ular bezovta ruhiyat bilan badiiy muammoga, oʻquv topshirig‘iga “hujum” qiladilar. Ya’ni har bir o‘quvchi o‘z bilimi, qobiliyati, iqtidori, dunyoqarashi va imkoniyatlari darajasida uni hal etishga kirishadi. Oʻquvcliilar o‘z oldilariga qo‘yilgan muayyari masala bo‘yicha mulohaza yuritadilar.

Ma’lumki, muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik.

Nilufar Saitova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ona tili  va adabiyot kafedrasi o’qituvchisi.

Gulniso Nurulloyeva,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.

Previous post Jamiyatimizda pul qanchalik muhim?
Next post “Dolzarb 90 kunlik” — Denov yoshlari faoliyatda, ijodda va ilmdagi o‘z o‘rnini topmoqda