O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “Ozbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi” deb qat’iy belgilab qo‘yilgani tarixiy ahamiyatga ega!

Shu bilan birga, xalqimizning xohish-irodasi bilan Asosiy qonunimizda muhrlangan bu prinsiplar – mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li va taqdirini, uning kelajagini belgilab bergan ushbu “beshta ustun” hech qachon o‘zgartirilmasligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan muloqot jarayonida: “Dunyoda kundan-kunga yangi-yangi sinovlar, xavf-xatar va tahdidlar paydo bo‘layotganini barchangiz ko‘rib turibsiz. Eng nufuzli siyosatshunos va ekspertlar ham, “aql markazlari” ham, jahonda sodir bo‘layotgan hozirgi ziddiyat va to‘qnashuvlar qachon va nima bilan tugashini ayta olmayapti.

Shunday murakkab vaziyatda, har bir ishimizda, qabul qilayotgan barcha qonun va qarorlarimizda faqat va faqat xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari eng ustuvor o‘rinda turishi shart!»-деди.

Buning uchun, birinchidan, ota-bobolarimizning asriy armoni bo‘lgan, tengsiz va buyuk ne’mat – mustaqilligimizni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash va kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirish barchamiz uchun hayot-mamot masalasi ekanini unutmasligimiz zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Biz uch ming yillik davlatchilik tarixiga, boy va betakror madaniyatga ega bunyodkor xalqmiz. Qirq millionga yaqinlashib borayotgan aholimizning taqdiri va istiqboli, farovon hayoti uchun mas’ul va javobgarmiz.

Shu sababdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni asrash va mustahkamlash bundan buyon ham eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi», — dedi davlat rahbari.

Huquqiy davlat – insoniyatning ming yillar mobaynidagi mashaqqatli mehnati evaziga shakllangan taraqqiyot g‘oyasi bo‘lib, Konstitusiya va qonun ustuvor bo‘lgan, inson huquq va erkinliklari himoya qilingan va amalda ta’minlangan, demokratik prinsiplar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo‘lgan,hechkim qonundan ustun turmaydigan davlatdir.

Bugun Yangi O‘zbekiston insonparvar va xalqchil bo‘lgan huquqiy davlat qurish yo‘lida odimlamoqda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 20 iyunda Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan
uchrashuvda ta’kidlaganidek: “Faqat huquqiy davlat sharoitidagina insonning
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmatini to‘liq ta’minlash, tom ma’noda xalqparvar boshqaruv tizimini shakllantirish mumkin”.

Shu maqsadda yangi tahrirdagi Konstitusiyamiz loyihasining 1-moddasida O‘zbekiston – huquqiy davlat”, deb mustahkamlandi. Konstitusiyada O‘zbekiston huquqiy davlat ekanligini alohida belgilash – davlat o‘z faoliyatini, jamiyat va fuqarolarning yashash tarzini faqat Konstitusiya va qonunlar asosidagina amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Pirovardida davlat organlari va mansabdor shaxslar qonun ustuvorligi asosida xalq manfaatlari uchun ishlaydi, unga xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi Konstitusiya loyihasining boshqa normalarida ham huquqiy davlat prinsipini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan mexanizmlar va kafolatlar mustahkamlanmoqda.

Birinchidan, davlat faoliyati qonun ustuvorligi, qonuniylik prinsipi asosida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Konstitusiyaning oliy yuridik kuchga egaligi hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi belgilanmoqda. Natijada davlat organlari, shu jumladan, sudlar o‘z faoliyatida Konstitusiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilgan holda qarorlar qabul qiladi.

Ikkinchidan, inson huquq va erkinliklari xalqaro huquq va Konstitusiya normalariga muvofiq kafolatlanmoqda, ular qonunchilik va davlat organlari faoliyatining mazmunini belgilashi mustahkamlanmoqda. Shuningdek, insonga nisbatan davlatning huquqiy ta’sir choralari qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun etarli va mutanosib bo‘lishi shartligi va inson bilan davlat organlarining o‘zaromunosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi mustahkamlanmoqda.

Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Turkiya konstitusiyalarida o‘z davlatini huquqiydavlat deb belgilashga oidnormalar mustahkamlangan.Mazkur yangilik barchaning qonun oldida tengligini vaqonundan hech kim ustun emasligini ta’minlash, insonlarongiga qonunlarga hurmat va itoat etib yashash lozimliginisingdirish, umuman olganda, davlat organlarining xalqqaxizmat qilishi uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.Shuningdek, O‘zbekistonning “Huquq ustuvorligi indeksi”,“Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi” kabi xalqaronufuzli reytinglarda o‘rni yaxshilanishiga imkon beradi.

Surxondaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchisi N.S.Bobomuratova

Previous post Безорилик жинояти тушунчаси
Next post Синфдошлар ўртасидаги тортишув оқибати жиноятга сабаб бўлди