Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i T.Ismoilov hamda Denov tumani hokimi I.Abrorov boshchiligida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida tumanda so‘nggi 5 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kamchiliklar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda quyidagilar ma’lum qilindi. Hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida kompleks chora-tadbirlar olib borilishiga qaramasdan ayrim jinoyatlar kamaymagan.
Umumiy jinoyatlarning 105tasi bevosita oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etadi.
Xususan, kuni kecha “Istiqbol” mahallasida yashovchi Sh.Z.ning o‘g‘li tomonidan og‘ir tan jarohati yetkazilishi. Tan jarohatidan ona voqea joyida vafot etgan holatlar muhokama qilindi.
Ochiq muloqotda tegishli mutasaddi rahbarlar va «mahalla yettiligi» ishtirok etdi.