Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 24-“Anbarsoy” saylov okrugidan saylangan deputati Saidov Shohjahon Abdug‘aniyevich, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Denov tumani Kengashi raisi S. Qodirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari B. Tangirov va D. Gulboyeva ishtirokida “O‘zgarish” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining ijtimoiy holati hamda fuqarolar bildirgan murojaat va takliflar tahlil qilindi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqotda ularni qiynayotgan muammolar va ehtiyojlar tinglanib, avvalgi murojaatlarining hal etilish holati ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish, murojaatlarga o‘z vaqtida amaliy yechim topish hamda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.


