“Yangiobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 24-“Anbarsoy” saylov okrugidan saylangan deputati Saidov Shohjahon Abdug‘aniyevich hududidagi “Yangiobod” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi. Unda “Adolat” SDP Denov tumani raisi S. Qodirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari B. Tangirov va D. Gulboyeva ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ko‘chaboshi Nomoz bobo Yodgorovning murojaati tinglanib, unda ko‘tarilgan masalalar joyida o‘rganildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Previous post “ODIL SUDLOV — 2030” YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILUVCHI XALQCHIL VA ADOLATLI SUD TIZIMINI BARPO ETISH STRATEGIYASI
Next post “O‘zgarish” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi