🗳 Denov tumanida deputatlar saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 16-avgust kuni, Xalq deputatlari Denov tumani Kengashiga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, 6-Totuvlik saylov okrugi bo‘yicha ham saylovchilar o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berib, siyosiy jarayonda faol ishtirok etmoqda.

Mazkur saylov okrugidan Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalardan 5 nafar nomzod ilgari surilgan:
🔹 Orif Badalov — O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan;
🔹 Burxon Berdiyev — O‘zbekiston Ekologik partiyasidan;
🔹 Isroil Qurbonov — “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan;
🔹 Anvar Normamatov — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan;
🔹 Murodulla Shaymardonov — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan.

Saylov uchastkalarida fuqarolarning erkin ovoz berishi uchun tegishli sharoitlar yaratilgan. Saylovchilar belgilangan tartibda o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz bermoqda.
Har bir ovoz — hudud kelajagi va xalq manfaatlarini ifoda etishda muhim ahamiyatga ega.

Previous post Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Next post Mustahkam oila — huquqiy va farovon jamiyat poydevori

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *