O‘simliklar karantini va ximoyasi

         

    O‘simliklar karantini va ximoyasi agentligi Denov tuman bo‘limi

   Defoliatsiya — g‘o‘za hosilini yetilishini 15 kunga tezlashtiradi.

 11.08.2025 yil

         G‘o‘zani defoliatsiya qilish (bargsizlantirish) mo‘l va sifatli paxta hosilini yetishtirishdagi muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Bu tadbirni amalga oshirish evaziga qisqa almashlab ekish tizimida g‘o‘zadan so‘ng boshoqli ekinlarni o‘z vaqtida sifatli qilib ekib olish imkoniyati yaratiladi.

         Defoliatsiya tadbiri sifatli va to‘g‘ri o‘tkazilganda barglarning to‘kilishi ta’minlanibgina qolmasdan, g‘o‘zadagi ko‘saklar 10-15 kun erta pishib yetiladi, 1-terim salmog‘i 15-20% ga oshib, yuqori sifatli xom ashyo hajmi ko‘payadi. Shuning bilan birgalikda defoliant g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga, ayniqsa qora shira tushgan maydonlarga samarali ta’sir etadi.

         Defoliatsiyani muddatida va sifatli o‘tkazilishi paxta terish mashinalarining samarali ishlashini va qo‘l terimida ish unumini 15-20 foizga oshishini ta’minlaydi, kuzgi boshoqli don ekinlarini sifatli ekib, erta undirib olishga qulay sharoit yaratadi. Aksincha, defoliatsiya sifatsiz o‘tkazilgan yoki umuman o‘tkazilmagan g‘o‘za qator orasiga ekilgan kuzgi bug‘doy to‘liq unib chiqmaydi.                      Yumshoq ta’sir etuvchi defoliantlar nomlari bo`yicha tavfsiyalar:

          ENTO DEFOL sarf meyori (l/ga) 0,1-0,2. Ko`sakning 40-45% ochilganda purkaladi.

        AUGRON EKSTRA sarf meyori (l/ga) 0,1-0,2. Ko`sakning 30-40% ochilganda purkaladi.

        XEM EKSTRA sarf meyori (l/ga) 0,1-0,2. Ko`sakning 40-45% ochilganda purkaladi.

       Yumshoq ta’sir etuvchi defoliantlar ta’sirida barglar yashilligicha to‘kiladi. Kichik ko‘saklar ham pishib yetiladi. Natijada qo‘shimcha hosil olinadi va terilgan paxtani ifloslantirmaslikka olib keladi.

       O`simliklar Karantini va himoyasi agentligi Denov tuman Fitosanitar nazorati davlat inspektorlari. I.Amanov, I. Artiqov, S. Vaxobov, D.Rajapov, Q.Turopov.

Previous post Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga
Next post Xarid cheki – oddiy qog’oz parchasi emas