Kuydirgi

Kuydirgi — odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik qadimdan maʼlum. Gippokrat ham bu haqda yozib qoldirgan. K. qoʻzgʻatuvchisi — Bacillus anthracis — spora hosil qiladigan harakatsiz tayoqcha. Sporalar juda chidamli boʻlib, suvda yillab, tuproqda oʻn yillab (20—30 yil va undan ortiq) saqlanishi mumkin.

Odamga kasal hayvonlardan — hayvonni soʻyish, goʻshtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorva-chilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, yaʼni hayvonlar bilan bevosita muloqotda boʻladigan kishilarda koʻproq kuzatiladi. Infeksiya sogʻlom odam organizmiga nafas yoʻllari, teri va ogʻiz orqali tushishi mumkin. Odamda K.ning oʻpkaga, ichakka, teriga zarar yetkazadigan va infeksiya — qonga oʻtib tarqa-ladigan septik xillari uchraydi. Kasallik alomatlari ham zararlangan aʼzolarga qarab turlicha boʻladi. K.ning teri shaklida K. qoʻzgʻatuvchisi zararlangan teri orqali kiradi. Bu shaklda yashirin (inkubatsion) davr 2—3 kun. Terining infeksiya kirgan sohasida dastlab boʻrtma (papula) paydo boʻla-di, u loyqa yoki qonli suyuqlik bilan toʻlgan pufakcha (pustoʻla)ga aylanadi. Pufakcha tez orada yorilib, qora qoʻtir boʻladi. Atrofida yangi pufakchalar hosil boʻlib, qora qoʻtir kattalashadi, uning tagida ogʻrimaydigan shish koʻzga tashlanadi. Odatda, shu jarohatni «kuy-dirgi xoʻppozi» deb ataladi. U koʻpincha yuz sohasi, bilak, boʻyin yoki oyoqda boʻladi. Bunda gavda temperaturasi koʻtarili-shi, bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu-sizlik va hokazo kuzatiladi. Oradan 2—3 hafta oʻtgach, bemor tuzala boshlaydi. Oʻ p k a K.sida toʻsatdan isitma koʻtarilib, yoʻtal tutadi, qonli balgʻam kela-di, bemorning koʻkrak sohasi ogʻriydi, nafas olishi qiyinlashadi. Ichak K.si ovqatdan zaharlanishga oʻxshab boshlanadi, bemor koʻngli aynib, qusa-di, qorni qattiq ogʻriydi, ichi dam boʻladi. K.ning oʻpka va ichak shakllari juda kam uchraydi. Davolash maqsadida penitsilin va K. gammaglobulini qoʻllanadi. Profilaktika maqsadida mollar bilan muloqotda boʻladigan kasbdagilar: chorvadorlar, qassoblar, teri oshlovchilar K.ga qarshi vaksiva bilan emlanadi.

Hayvonlarda (ayniqsa, ot, qora-mol, qoʻy, echki, bugʻu) uchraydi, septitsemiya, teri osti toʻqimalari va boshqa ichki organlarga qon quyilishi va infiltrat yigʻilishi bilan kechadi. Inku-batsion davri hayvonlarda 1—3 kun. Hayvonlarga yem-xashak, iflos suv va havo, shuningdek, qon soʻruvchi hasha-rotlar, soʻva, pashsha va boshqa orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi tashqi muhitdan organizmga tushgandan keyin qon va limfaga oʻtib rivojlanadi va umumiy septitsemiyani chaqiradi, qonda oʻz at-rofida qobiq paydo qilib, koʻp miqdorda toksin ishlab chiqaradi. Tez rivojlanib koʻpaygan mikroblar teri osti va boshqa toʻqimalarda shishlar paydo qiladi, toksinlar esa qon tomirlarining oʻtkazuvchanligini oshirib, butun ichki organ va toʻqimalarda qon quyilishiga olib keladi, qon aylanishi sekinlashadi.

Previous post Quturish
Next post KORRUPSIYATARAQQIYOT KUSHANDASI