Oila doirasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va huquqiy chora-tadbirlar

Hozirgi kunda ayollarga nisbatan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning keskin darajada oshib borayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, oila doirasida ayollar va qizlarimizga nisbatan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning ortib borayotgani, buning natijasida ko‘plab oilalar buzilib ketayotgani, beayb norasida bolalar yetim qolib ketayotgani achinarli hol, albatta.

Shu kabi holat JIB Denov tuman sudining 2025-yil 14-martdagi ma’muriy huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha ochiq sud majlisida A.Sherovga nisbatan ko‘rib chiqildi. Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, 2025-yil 18-fevral kuni soat 22:00 larda A.Sherov yashash uyida turmush o‘rtog‘i Z.Erkaeva bilan oilaviy masalada tortishib qolib, tortishuvda turmush o‘rtog‘ini qasddan sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlab, shuningdek, uni qasddan do‘pposlab urib, uning sog‘lig‘ining qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan holda yengil tan jarohati yetkazgan.

Sud taraflarni eshitib, ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, A.Sherovni O‘zbekiston Respublikasi MJtK 592-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

F. A.Nazarov,
JIB Denov tuman sudi tergov sudyasi.

Previous post O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘RQ-997-sonli qonuni mazmun mohiyati
Next post Oʻgʻrilik jinoyati va uning huquqiy oqibatlari