Jinoyatga jazo muqarrar

Ma’naviyati nuqsonli bo‘lgan kishi borki, xatti-harakati oqibatini o‘ylamay ish qilib, jinoyatchi, degan tamg‘ani orttirib oladi. Bugun e’tiboringizga havola etilayotgan jinoyat tafsiloti ishtirokchi ham bir oilaga bosh, 5 nafar farzandlarining otasi.
Afsuski, jinoyat yo‘lini tanlagan inson jismonan sog‘lom, tog‘ni ursa talqon qiladigan navqiron yoshda. Biroq, u og‘irning ustidan, yengilning ostidan o‘tishni afzal ko‘rgan odam.

Ish holatiga ko‘ra, sudlanuvchi Alimov Sharif (ismi sharifi o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilib, moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, 2022 yil 18 avgust kuni Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Ibodov Salim (ismi sharifi o‘zgartirilgan) bilan uchrashib, unga jami 71 bosh echkilarini har birini 850 000 (sakkiz yuz ellik ming) so‘mdan sotib olishini, mazkur echkilarining pullarini 2023 yil 18 avgust kuniga qadar to‘liq berishini va’da qilib, Ibodov Salimning ishonchiga kirib, uning ancha miqdordagi jami 60 350 000 so‘mlik mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ularni dastlabki tergovda aniqlashning imkoni bo‘lmagan holatda o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib, Ibodov Salimga va’da qilingan pullarni bermasdan aldab ketgan.
Sudda sudlangan Alimov Sharif aybiga qisamn iqror va pushaymonlik bildirib suddan qonuniy yengillik berishni so‘ragan.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ish hujjatlari atroflicha o‘rganilib, sudning 2024 yil 8 oktyabr kunidagi hukmiga ko‘ra, Alimov Sharifga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, sudlanuvchi Sh.Alimov tomonidan yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun 17.07.2024 yildagi to‘lov kvitansiyasi asosida Surxondaryo viloyat IIB depozit hisob raqamiga topshirilgan 50 694 000 so‘m pul mablag‘ini jabrlanuvchi Ibodov Salimning hisobiga o‘tkazish hamda sud hukmi qonuniy kuchga kirgach sudlanuvchi A.Oqboyevdan jabrlanuvchi Ibodov Salimning foydasiga 34 506 000 so‘m undirish belgilangan.
Jinoyat ishi Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida sudlanuvchi Alimov Sharifning himoyachisi bilan birgalikdagi va jabrlanuvchi Ibodov Salim tomonidan apellyasiya tartibida berilgan shikoyatlariga asosan 2024 yil noyabr oyining 7 kuni ko‘rib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudining 2024 yil 8 oktyabr kunidagi hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Mana ko‘za kunda emas, kunida sinadigan kun keldi. Qonunning qo‘li uzun, nigohlari o‘tkir. Uning nazaridan, qat’iy talabidan, qolaversa, jazodan qochib qutilib bo‘lmaydi.


J.Xudoyberdiyev,
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi.

Previous post ODAM SAVDOSI JINOYATI TUSHUNCHASI, UNING SALBIY OQIBATLARI MAZKUR JINOYATNING OLDINI OLISH CHORALARI
Next post O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘RQ-997-sonli qonuni mazmun mohiyati