Pirotexnika vositalaridan foydalanmang, aks holda jarima to‘laysiz

Yangi yil yaqinlashgani odamlarga, ayniqsa yosh bolalalarga bayramni ko‘ngilli o‘tkazishlarida ko‘mak berishga harakat qilayotgan “portlovchi savdogarlar”lar faollashgani ichki ishlar xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarini saqlash, sotish va tashish bilan bog‘liq aniqlanayotgan huquqbuzarliklar ko‘payganidan ko‘rinib turibdi.
Bular protexnika vositalari sotish, Yangi yilga atab asrab qo‘yish bilan bog‘liq aniqlangan holatlarning hammasi emas albatta. Ichki ishlar xodimlari tomonidan har kuni hamma hududlarda qanchalab paqilloqlar, katta kuch bilan otiluvchi mushakbozlik vositalari topilib yo‘q qilinayotir. Ammo qo‘lga tushmasdan “tovar”ni xaridorlarga muvaffaqatli yetkazayotgan uddaburonlar qancha ekanligini bilmaymiz.
Kattalar pul uchun bolalarga yetkazib berayotgan pirotexnika vositasi faqat kuchli ovoz chiqargani uchun emas, portlaganda jarohat yetkazishi bilan xavflidir. Yangi yilda ko‘pchilikning tinchini buzishga sabab bo‘ladigan bu matoh hozirdan bolalarning qo‘liga tushmoqda.
Taqiqlanishiga qaramay har yili bayram arafasida katta miqdordagi pirotexnika vositalari bozorlarimizga kirib kelmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish:

  • huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
    Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish:
  • huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
    Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish:
  • huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi
    Jinoyat ishlari bo‘yicha

    Denov tuman sudining sudyasi:
    F.A.Nazarov
Previous post KONSTITUTSIYANING MAZMUN-MOHIYATI
Next post Янгиланган Конституция – ислоҳотлар ва имкониятлар асоси