Denov tumanlararo iqtisodiy sudi, jinoyat ishlari bo’yicha Denov tuman sudi va Fuqarolik ishlari bo’yicha Denov tumanlararo sudi sudyalari ishtirokida Konstitutsiyamizning 32 yilligiga bag’ishlangan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tadbir o’tkazildi.
Joriy yilning 3-dekabr kuni Denov tadbirkorlik va Pedagogika institutida Konstitutsiyamizning 32 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda sudyalar so’zga chiqib konstitutsiya bo’yicha bir qancha ma’lumotlar berdi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o’ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g’oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish, «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!» degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida yurtimizda keng tarmoqli targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
«O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi prezident farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko’ra, Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun «Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!» degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Shuningdek, Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish dasturi hamda tashkiliy qo’mita tasdiqlandi.
Shuningdek Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yangi O‘zbekiston inson sha’ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan davlat bo‘lishi; xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi; «odamlar tashvishi bilan yashash», xalqimizning qonuniy talab-istaklari va xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish davlat organlari faoliyatini baholashning eng muhim mezoniga aylanishi; barcha muhim qarorlar aholi ishtirokida, fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuv asosida qabul qilinishi kabi prinsip va g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Demokratiyaning talabu taomili va ustunligi ham shunda. Bunda qonun chiqaruvchi va ijro organlaridan inson huquqlarini ta’minlash; demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament va siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish; hokimiyat tarmoqlarini tiyib turish va muvozanatni saqlashda parlament rolini oshirish; davlat xizmatlari sifati va samaradorligini yaxshilash, davlat organlari faoliyatining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
Davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak!
Yuqorida aytib o‘tilgan moddaning ikkinchi bandi birinchi qismida belgilab berilgan O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilishi to‘g‘risidagi norma ham aytib o‘tilgan fikrlarning tasdig‘idir. Hech shubhasiz, ushbu normalar mamlakatimizda xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash bilan bir qatorda xalqimiz xohish-irodasi va insonlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Konstitutsiyadagi ushbu qoidalar 10-moddaning «O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin», degan birinchi bandida yanada aniq ifoda etilgan va chuqur ochib berilgan. Ya’ni jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emasligi haqida gapirilib o’tildi.