O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmurodov Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov bir guruh jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarini bayram munosabati bilan tabrikladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmurodov jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarining jamiyatimizda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini aholiga tezkorlik va xolislik bilan yetkazish barobarida mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi beqiyos ekanligini ta’kidladi.
Tadbir davomida Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov so‘z erkinligini ta’minlash, aholiga haqqoniy axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va mashaqqatli faoliyatida jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollariga ulkan yutuqlar hamrox bo‘lishini tiladi.