6-“Totuvlik” saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olindi
Denov tuman saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarning bergan arizalari ko‘rib chiqilib, bo‘shab qolgan 6-“Totuvlik” saylov okrugi bo‘yicha Xalq deputatlari Denov tuman Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar ilovaga asosan belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tegishli hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
🗳 Hurmatli saylovchilar!
6-“Totuvlik” saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar va saylov jarayoniga oid ma’lumotlar belgilangan tartibda jamoatchilikka taqdim etib boriladi.

Denov tuman saylov komissiyasi