Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama sheriklikning barcha yoʻnalishlaridagi yuqori surʼat mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi oʻsib bormoqda, energetika, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari faol bosqichda.

Yangi tashabbuslarni, jumladan, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar doirasida ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

Previous post Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Next post Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi